Fanni o‘qitishdan maqsad: Talabalarga axborot texnologiyalaridan foydalanish bo`yicha nazariy bilimlar berish, kasbiy faoliyati bo`yicha qo`yilgan masalalarni yechishda zarur dasturiy vositalarni to`g`ri tanlash va olingan bilimlar asosida qo`yilgan masalalarni yecha olish, zamonaviy axborot texnologiyalari dasturiy vositalaridan mustaqil foydalana olish ko`nikmalarini hosil qilish.
Fanning vazifasi: Talabalarni o`qitishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va dasturlari bilan tanishtirish, axborot texnologiyalarining imkoniyatlari mohiyatining tanishtirish va ularni ta`lim jarayonida amaliy qo`llay olish, shuningdek fan yutuqlari va yangilanishlari bilan tanishtirib boorish, olingan bilimlardan foydalanib ta`lim resurslarini yaratishni o`rgatish.
II. Asosiy nazariy qism (Laboratoriya ishi) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: I-Mavzu. Kompyuter arxitekturasi. Periferik qurilmalarga umumiy sharhi. Raqamli ma'lumotlarni yozish va arxivlash tizimlari.
Informatika — bu axborotning nafaqat umumiy xususiyatlari, balki unga avtomatlashtirilgan ishlov berishning uslublari, jarayonlari va texnik vositalarini o‘rganuvchi fandir. Avtomatlashtirilgan ishlov berish jarayonlarining asosini axborotni yig‘ish, talqin qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish tashkil qiladi.
Kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagilar: sistemali blok, monitor va klaviatura (sichqoncha bilan).Markaziy protsessorKiritish – chiqarish kanallari Kontrollerlar Tashqi xotira qurilmalari Tashqi kiritish-chiqarish qurilmalari
Shaxsiy kompyuterning atrof-muhit birliklari asosiy qurilmalarga qo'shimcha ravishda kompyuterga ulangan qurilmalardir.
Operativ xotira. Operativ xotira o‘zida kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi. Kompyuter o‘chirilishi bilan operativ xotiradagi ma’lumotlar o‘chiriladi.Diskli jamlagichlar. Ma’lumotlarni saqlash, hujjatlarni va dasturlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tish, bir kompyuterdan ikkinchisiga o‘tkazish kompyuter bilan ishlaganda foydalanadigan axborotni doimiy saqlash uchun disklardagi jamlagichlar ishlatiladi. Ular ikki turda bo’lib, egiluvchan disklar (disketalar) va qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) deb ataladi.