D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə100/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   163
Ishlatilishi: Xalq tabobatida yalpiz oshqozon ichak traktidagi yallig„lanish bilan bog„liq bo„lgan ko„ngil aynishi, qusish va ich ketishda, ayniqsa, og„riqli sanchiq va ko„p miqdorda ichak gazi hosil bo„lganda ishlatiladi. Surunkali oshqozon kasalliklarida ertalab yalpiz damlamasi ichish tavsiya etiladi. Oshqozon shirasining kislotaliligi oshganda yalpizdan foydalanish ayniqsa samaralidir. Yalpiz, shuningdek, jigar va o„t pufagi kasalliklarida (og„riq qoldiruvchi va o„t haydovchi vosita sifatida) hamda turli xil asab kasalliklarida tinchlantiruvchi vosita sifatida buyuriladi.
Tog’rayhon - Origanum vulgare subsp. Gracile (K.Koch) letsw.
Душица мелкоцветная
O’simlik tavsifi: Tog„rayhon - yoqimli hidga ega bo„lgan Lamiaceae oilasining ko„p yillik o„t o„simlik. Poyalari bir nechta, tik turuvchi, yuqorida shoxlangan, jingalak tuklangan, uzunligi 30-60 sm. Barglari tuxumsimon yoki cho„zinchoq, to„mtoqlashgan yoki o„tkirlashgan, asosiga keng ponasimon yoki deyarli yumaloq, butun, yuqorida deyarli silliq, o„tkazuvchi bog„lamlar bo„ylab cheti va ostida jingalak tuklangan, bandli, asta-sekin yuqoriga kichrayib boradi. Gullari deyarli o„troq, boshoqsimon yarim soyabonda, novdalarning yuqori qismida qalqonsimon kallakcha to„pgullarda to„plangan. Gulyonbarglari deyarli yupqa pardasimon, cho„zinchoq- lansetsimon, kosachabargdan biroz uzunroq, kalta kipriksimon. Kosachabarglari dumaloq, uzunligi 3 mm, kalta tuklangan, uchburchaksimon o„tkir tishchali, naychadan 3 baravar qisqa. Tojibarglari 5 mm uzunlikda, xira binafsharang. Yong„oqchalar to„q jigarrang, uzunligi taxminan 0,75 mm. Iyul-avgust oylarida gullaydi, iyul-sentyabr oylarida mevalaydi. Tibbiyotda tog„rayhonning gullagan yer usti qismlari (o„t) ishlatiladi.
O‘sish joyi va tarqalishi: Tog„rayhon toshli qiyaliklarda, butun O„zbekiston bo„ylab tog„larning quyi va o„rta mintaqalaridagi toshloqlarda o„sadi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin