D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə102/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   163
Tibbiyotda qo‘llanilishi: Tog„rayhon o„ti markaziy asab tizimiga tinchlantiruvchi ta’sir ko„rsatadi, oshqozon va bronxial limfatik bezlarning sekretsiyasini kuchaytiradi va ichak harakatini oshiradi. Tog„rayhon o„ti qaynatmasi siydik chiqishiga ham kuchli ta’sir qiladi. Tog„rayhon ichak atoniyasi, ishtaha ochuvchi va shamollashda balg„am chiqaruvchi davo vositasi sifatida ishlatiladi. U ko„krak qafasi, terlatuvchi va ichakdan havo haydovchi preparatlarining bir qismidir, shuningdek, tomoq og„riganda chayish va terining yiringli kasalliklarida vanna sifatida ishlatiladi. Efir moyi tishlarni davolashda og„riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Suv qalampir - Persicaria hydropiper (L.) Delarbre
(Г орец перечный)
O'simlik tavsifi: Polygonaceae oilasiga mansub bir yillik o„t o„simlik, tik turuvchi, odatda poyasi qizg„ish, shoxlangan, bo„yi 30­60 sm. Barglari ketma-ket joylashgan, lansetsimon, uchli, asosi tor ponasimon, pastki qismida qisqa bandli, yuqori qismi deyarli o„troq, chetlari qattiq kipriksimon va biroz to„lqinli. Gullari 1-3 ta, novdalar uchida yonbarg qo„ltig„ida (rastrubda) joylashgan, siyrak uzun ingichka boshoqchalarni hosil qiladi. Gulqo„rg„oni yashilroq yoki pushti rangga ega, tashqi tomondan zich oltin-sariq nuqtali bezlar bilan qoplangan. Mevalari tuxumsimon yong„oqcha, gulqo„rg„ondan biroz qisqa. Iyuldan oktyabrgacha gullab, meva beradi.
O‘sish joyi va tarqalishi:
Suv qalampir faqat tog„li hududlarda o„sadi. U daryolarning o„tloq yerlarida, botqoq yerlarda, nam o„tloqlarda, daryo botqoq qirg„oqlari, ko„llar, hovuzlar va nam bosgan yo„llar va ariqlarda o„sadi. Ko„pincha begona o„t o„simlik sifatida uchraydi. Suv qalampirning o„ti «Anestezol» va «Anusol» gemorroyga qarshi shamchalar tarkibiga kiritilgan. Ushbu o„simlikdan ajratib olingan flavon glikozidlarining yig„indisi bo„lgan gidropiperin preparati foydalanish uchun tasdiqlangan. Bundan tashqari, suyuq suv qalampirining ekstrakti va damlamasi ishlatiladi.
Xom ashyoni

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin