D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə109/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   163
Zupturum bargining kaynatmasi: 10 g (2 osh qoshiq) xom ashyo sirli idishga solinib, 200 ml (1 stakan) issiq suv quyiladi, qopqoq yopiladi va qaynab turgan suv hammomida 30 daqiqa qizdiriladi. Keyin u xona haroratida 10 daqiqa davomida sovitiladi, suzgichdan o„tkaziladi, qolgan massa siqib olinadi. Qaynatmaga qaynatilgan suv dastlabki hajm 200 ml gacha qo„shiladi. Kuniga 3-4 marta ovqatdan 10­15 daqiqa oldin 1/2 -1/3 stakandan ichiladi. Zupturum siropi yo„talishda yordam beradi, uni tayyorlash unchalik qiyin emas. Barglardan olingan yangi sharbatga teng nisbatda asal bilan qo„shiladi. Aralashma ikki soatga qoldiriladi va besh-olti kun davomida kuniga uch-to„rt marta bir osh qoshiqdan ichiladi. O„simlik nastoykasidan stomatit, tonzillit, otit va boshqa kasalliklarni davolash uchun foydalanish mumkin. Uni tayyorlash uchun taxminan 100 gramm quritilgan o„ti, shuningdek, bir stakan aroq kerak bo„ladi. Xom ashyoga aroq quyiladi, idish yopilib, qorong„i va salqin joyga ikki haftaga qo„yiladi. Tayyor nastoyka suzgichdan o„tkaziladi. Otit kasallikda paxta piliklari suyuqlikda namlanib, quloqqa qo„yiladi (chuqur emas!) Yarim soatga qoldiriladi. Stomatit yoki tonzillitda nastoyka suv bilan suyultiriladi (1 qism nastoykaga 10 qism suv olinadi) va tomoq yoki og„iz chayiladi. Damlamasi yo„tal uchun foydalidir. Ikki osh qoshiq quruq o„ti bir stakan qaynoq suv bilan aralashtirilib, uni suv hammomiga yoki yarim soat davomida 70-90 darajaga qadar qizdirilgan pechga qo„yiladi, so„ngra usti yopiladi va bir soatga qoldiriladi. Bir choy qoshig„idan kuniga uch-to„rt marta ichiladi. Qaynatmani tayyorlash uchun bir osh qoshiq quruq xom ashyoni bir stakan suv bilan aralashtirib, 15 daqiqa davomida qaynatib olinadi, so„ngra iste’mol qilinadi. Zupturum barglari ko„plab o„simlik choylarning bir qismidir.
Kosmetologiyada qo‘llanilishi: o„simlik kosmetik maqsadlarda ham muvaffaqiyatli qo„llanilmoqda. Qaynatmalar yoki damlamalardan husnbuzar va boshqa muammolarda surtma yoki kompress sifatida ishlatiladi. Agar sharbati muzlatilib, keyin muz kubiklari yuzga surtilsa, teri tiniqlashadi va shishlar qaytadi. Bundan tashqari, sochlarni qaynatma bilan yuvish mumkin.
O„simlikning foydali xususiyatlari juda ko„p va o„ziga xos bo„ lsa-da, qo„llanib bo„lmaydigan holatlari ham mavjud: Oshqozon shirasining yuqori kislotaliligidir. Bu holda o„simlik vaziyatni yanada kuchaytirishi mumkin. O„n ikki barmoqli ichak yoki oshqozon yarasining o„tkir bosqichida qo„llab bo„lmaydi. Tomirlarning varikozi, tromboflebit va boshqalar bilan bog„liq tromblarning hosil bo„lishini yuqori xavfida qo„llash mumkin emas. Individual ko„tara olmaslik. Zupturumni ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak, chunki allergik reaksiya paydo bo„lishi mumkin.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin