D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə11/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163
O'sish joyi va tarqalishi: Gulxayri past o„tli yarim savannalar va butazorlar jamoalarida o„sadi, odatda tashlandiq joylarda, begona o„t sifatida bedazorlar, bog„lar, daryolar va ariqlar bo„ylab 500-900 m balandlikda uchraydi. To„qay o„simliklari, shuningdek, nam joylarda begona o„t sifatida tarqalgan. Toshkent, Samarqand va Farg„ona viloyatlarida tarqalgan.
Xom ashyoni yig’ish va uning sifati: Gulxayri
ildizlari va
ildizpoyalari bahorgi o„sishidan oldin aprel - may oyining birmchi yarmida yoki kuzda (sentyabr-
oktyabrda) o„simlikning yer usti qismi noud
bo„lgandan keyin yig„iladi. Gulxayri urug„lar, kamdan-kam vegetativ va ko„chatlar bilan ko„payadi. Gulxayri urug„ini ekish erta bahorda yoki kech kuzda amalga oshiriladi. Gulxayri ildizlari va yer ustki qismi vegetatsiya davrining ikkinchi va uchinchi yillarida yig„ib olinadi. Ildizlari erta bahorda yoki kuzda yig„iladi. Yer ustki qismini vegetatsiyasining ikkinchi yilida amalga oshiriladi.
Tuproq yuzasidan 20-30 sm balandlikda o„rilgan o„tlarni uyumlarda, keyin soyabon ostida quritiladi, qalinligi 50 sm dan oshmaydigan qatlamga yoyiladi. Gulxayrining tozalangan ildizlari silindrsimon shaklga ega yoki uzunligi bo„yicha 2-4 qismga bo„linib, uchki qismi biroz toraygan. Bo„laklaming qalinligi 0,5-1,5 (2) sm, uzunligi 35 sm gacha. Kesilgan xom ashyolar 3 dan 8 mm gacha bo„lgan o„lchamdagi turli xil bo„laklardan iborat. Xom ashyoning namligi 14% dan oshmasligi kerak, umumiy kuli 7% dan, shu jumladan 10% xlorid kislotada erimaydigan kuli 0,5% dan, yog„ochlashgan ildiz qismi 3% dan, po„kak qismidan yaxshi tozalanmagan ildizlar 3% dan, organik aralashmalar (boshqa zaharli bo„lmagan o„simliklaming qismlari) 0,5% dan, mineral aralashmalar(tuproq, qum, toshlar) 0,5% gacha oshmasligi kerak. Quruq, yaxshi havo aylanadigan xonalarda xom ashyoni saqlash kerak. Ildizlari gigroskopik va oson namlanadi. Yaroqlilik muddati - 3 yil. Gullash boshida yig„ilgan
madaniylashtirilgan gulxayrining quritilgan o„ti dorivor gulxayri kabi qisman to„kiladigan, to„liq yoki singan barglari va gullardan iborat.
Raqamli ko„rsatkichlar: polisaxaridlarning tarkibi kamida 5%, tiklanuvchi shakarlar kamida 2%, namlik 13% dan, umumiy kul 18% dan, poyalari 60% dan, mevalar 10% dan, organik aralashmalar (boshqa zaharli bo„lmagan o„simliklarning qismlari) 1,5% dan oshmasligi kerak. Yaroqlilik muddati - 5 yil.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin