D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə110/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   163
Qushtili - Polygonum aviculare L.
(Г орец птичий)
O’simlik tavsifi: Qushtili -
Polygonaceae oilasiga mansub bir yillik o„simlik. Ildizi o„q ildizli, biroz shoxlangan. Poyalari uzunligi 10-60 sm, yoyilib o„sgan yoki ko„tarilgan, ko„pincha asosidan shoxlangan. Barglari ellipssimon shakldan chiziqli-lansetsimongacha, to„mtoqlashgan yoki kalta uchli, asosida qisqa bandgacha toraygan, uzunligi 1-4 sm va eni 0,5 sm. Gullari 2-5 gacha barglar qo„ltig„ida
joylashgan. Gulqo„rg„oni chuqur
bo„lingan, besh a’zoli, pastki qismi yashil, yuqori qismi oq yoki pushti rangli. Meva uchburchakli, qora, ba’zida kashtan rangli yong„oqchadir. Maydan kech kuzgacha gullaydi va mevalaydi. Tibbiyotda o„simlik o„ti damlamalar va qaynatmalar tayyorlash uchun ishlatiladi.
O‘sish joyi. Tarqalishi: O„zbekiston hududida qushtili hamma joyda uchraydi. Qushtili yo„llar, so„qmoqlar, zovurlar, qumli va shag„alli tepaliklarda, daryolar qirg„oqlari bo„yida va o„tloq yerlarda, ko„p mol boqilgan yaylovlarda o„sadi, ekinlar, tomorqalar, o„rmonning yosh ko„chatzorlarida begona o„tlar sifatida uchraydi. Qurg„oqchilikka chidamli, sho„rtob yerlarga chidamli, tuproqning qattiq zichligiga
chidamli. Takroriy
o„rishdan keyin yaxshi o„sadi. Chorva mollari tomonidan kuchli
bosilgan yerlarda va ularning yeyilishidan
keyin ham o„sa oladi. Boshqa o„simliklardan raqobat bo„lmagan
taqdirda, u urug„lari bilan yaxshi tiklanadi va kuchli zichlashgan tuproqlarda sof o„sish maydonlarini hosil qiladi.
Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Xom ashyoni yig„ish deyarli yoz davomida quruq ob-havo sharoitida gullash paytida amalga oshiriladi. 30 sm uzunlikdagi bargli novdalar pichoq yoki o„roq bilan kesilib, o„simliklarning ildizlari va qo„ng„irrang qismlari olib tashlanadi. Hosilni bir joyda yig„ish, har yili o„tkazish mumkin. Samarali tiklanishi uchun urug„lik uchun yaxshi rivojlangan o„simliklarning taxminan 25% ni qoldirish kerak. O„simlik o„ti ochiq havoda chordoq yoki xavo yaxshi aylanadigan ayvonlarda yupqa qatlamga yoyilib, vaqti-vaqti bilan aralashtirib yoki quritgichlarda 50- 600C haroratda quritiladi. Poyalar bukilganda oson sinsa, quritish to„xtatiladi. Quruq xom ashyoning hosildorligi 22-24% ni tashkil qiladi. Quruq o„tlar 15-20 kg qoplarga qadoqlanadi. Quruq, yaxshi havo aylanadigan xonalarda, tokcha va stellajlarda saqlanadi. XI DF ma’lumotlariga ko„ra, o„simlik xom ashyosini - 30 sm uzunlikdagi barglari va barg qo„ltig„ida bir nechta joylashgan och pushti gullardan iborat poyalar tashkil etadi. Hidi kuchsiz, ta’mi biroz bog„lovchi. Namlik 13% dan, o„z rangini yo„qotgan o„t qismlari - 3% dan, ildizlar 2% dan, va teshikning diametri 2 mm bo„lgan elakdan o„tadigan zarralar 3% dan oshmasligi kerak. Xom ashyoning yaroqlilik muddati - 3 yil.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin