D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə111/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   163
Kimyoviy tarkibi: Qushtili o„tlarida taninlar - 3%, flavonoidlar - 1,48-1,97% (avikulyarin, kvarsetin, izoramnetin, miritsetin, kempferol, lyuteolin), kremniy kislotasi - taxminan 1%, C vitamini, achchiqlik, smola, mum, efir moylari va alkaloidlarning izlari mavjud.
Tibbiyotda qo‘llanilishi: Ushbu o„simlikning o„tidan
tayyorlangan galen preparatlari siydik miqdorini ko„paytiradi, siydik bilan ortiqcha natriy va xlor ionlarini ajralishiga yordam beradi. Qushtili o„ti siydik toshlarining paydo bo„lishi oldini oladi, bu uning tarkibida erigan kremniy kislotasi birikmalarining bo„lishi bilan bog„liq. Ushbu o„simlik asosiy tarkibiy qism bo„lgan galen preparatlari va yig„malari siydik yo„llarining surunkali kasalliklari, buyrak tugunchalarning filtrlash funksiyasini pasayganda va siydikda katta miqdordagi mineral tuzlar, ayniqsa oksalat kislotasi tuzlari paydo bo„lganda ishlatiladi. Yordamchi vosita sifatida ular siydik tosh kasalligining dastlabki bosqichlarida, siydik toshlari olib tashlangan operatsiyadan keyingi davrda, siydik kislotasi diatezi, terining husnbuzar, furunkul va ba’zi dermatitlar kasalliklarida buyuriladi. Oshlovchi moddalar borligi sababli qushtili o„tini gastroenterit, kelib chiqishi turlicha bo„lgan
diareya, qon tomir devorlarining o„tkazuvchanligini oshganda va oshqozon-ichak trakti shilliq qavatining shikastlangan tomirlaridan qon ketgan holatlarda samarali hisoblanadi. O„simlik funksional jigar yetishmovchiligi va moddalar almashinuvining toksik mahsulotlari tanada ushlanib qolishi bilan bog„liq kasalliklar uchun ishlatiladi. Qushtili o„ti damlamalari va qaynatmalari bachadon atoniyasi tufayli bachadondan qon ketgan, shuningdek, ichak va gemorroydan qon ketgan holatlarda ishlatiladi. Qushtili o„tining damlamasi. 10 g (1-2 osh qoshiq) xom ashyo sirlangan idishga solinadi, ustiga 200 ml (1 stakan) issiq qaynatilgan suv quyiladi, qopqoq bilan yopiladi va 15 daqiqa davomida qaynoq suvda (suv hammomida) isitiladi. Keyin xona haroratida 45 daqiqa davomida sovutiladi, suzgichdan o„tkaziladi va qolgan xom ashyo olib tashlanadi. Olingan damlama qaynatilgan suv bilan birlamchi hajm 200 ml gacha yetkaziladi. Damlama salqin joyda 2 kungacha saqlanadi. Ovqatdan oldin kuniga 2-3 marta 1/2-1/3 stakandan ichiladi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin