Qo‘llanishi mumkin bo‘lmagan holatlar: Kakra zaharli o„simlik bo„lganligi uchun ichga qabul qilish juda ehtiyotkorlikni talab qiladi. Kakra preparatlari bilan zaharlanish ularni haddan tashqari katta miqdorda qabul qilganda ro„y beradi, bunda ko„ngil aynishi, oshqozon og„rig„i, bosh og„rig„i kuzatiladi. Bunday holda, oshqozonni faol uglerodning suvli suspenziyasi yoki kaliy permanganatning (kaliy permanganat) 0,1% eritmasi bilan yuvish kerak; ichga sho„rli ich suruvchi, yuqori tozalovchi klizmalar tavsiya etiladi. Kakra o„simliklar ko„plab hayvonlar, ayniqsa, otlar uchun zaharli, ammo qo„ylar va echkilar tomonidan yaxshi iste’mol qilinadi. Kakrani g„unchalash paytida hayvonlar eganligi oqibatida zaharlanish holatlari ko„p uchraydi. Rovoch -Rheum maximowiczii Losinsk. (Ревень Максимовича)
ostida chiqqan novdalarga ega.
O‘simlik tavsifi: Rovoch Polygonaceae oilasiga mansub ko„p yillik o„simlik. Ildizpoyasi qalin, poyasi asosida zangli- qo„ng„irrang barg qinlari bilan zich qoplangan. Poyasi bargsiz, kuchli, balandligi 40-100 sm va yo„g„onligi 8-20 mm, birmuncha zichroq mayda bezchalar bilan qoplangan, kamroq deyarli silliq, pastki qismida yassilangan,
qizg„ish, yuqori yarmida to„pgullari qismida ko„p shoxlangan, katta piramidasimon to„pgulni hosil qilgan 450burchak Barcha barglari ildizbo„g„zili, yirik, qisqa, yassilangan, odatda bezchali bandlarga ega, plastinkadan 2-3 baravar qisqaroq; barg plastinkasi uzunligi 18-50 sm va eni 20-60 sm, yumaloq- buyraksimon, chetlari biroz to„lqinsimon, asosi buyraksimon, ostki qismida uchta asosiy tomirlari bo’rtib chiqqan, ikki tomonidan yoki faqat chekkasi bo„ylab va ostki qismidagi tomirlar bo„ylab mayda bezchalar bilan zich qoplangan. Gullari pastki uchdan bir qismida yoki yarmida tutam bo„lib uzun gulbandda joylashgan. Gulqo„rg„on bargchalari deyarli bir xil, uzunligi 3 mm va eni 1 mm, yashil rangga ega. Mevalari yirik, keng ovalsimon, uzunligi 15-20 mm va eni 10-15 mm, yong„oqchasi tuxumsimon, burishgan, binafsha jigarrangda; qanotlari yong„oqchasining eniga teng yoki biroz torroq, binafsha-qizil rangda, asosi va uchi qismida yuraksimon, o„yiqli, tomiri chetidan 0,5-1 mm uzoqlikda o„tadi. May-iyul oylarida gullaydi va mevalaydi.