Ogohlantirish: Rovochni past kislotali gastrit yoki oshqozon va o„n ikki barmoqli ichak yarasi bilan og„rigan bemorlarga och qoringa berish kerak. Ushbu bemorlarda uni qabul qilgandan 10-15 minut o„tgach qattiq oshqozon og„rig„i kuzatiladi. Rovoch poyalarida ko„p miqdordagi shovul kislotasi mavjud bo„lib, u organizmda kalsiy tuzlari bilan kimyoviy reaksiyalarga kirishadi va erimaydigan tuzlar - oksalatlarni hosil qiladi. Ichakda oksalatlar hosil bo„lganda ichakdagi kalsiy tuzlarining so„rilish jarayoni buziladi, bir vaqtning o„zida shovul kislotasi qonga so„rilgandan keyin kalsiy bilan oson bog„lanadi va shu bilan qondagi oksalatlarning konsentratsiyasini oshiradi. Bu juft qalqonsimon bezlarining gipofuknsiyasi bilan og„rigan bemorlar, shuningdek, bolalar va homilador ayollar uchun juda xavfli bo„lib, kalsiy etishmovchiligi natijasida mushaklarning tomir tortishib qisqarishi, qon ivishining buzilishi va odatdagi suyak sinishlari (rovochni uzoq qabul qilganda) kelib chiqishi mumkin. Qonda oksalat miqdorining oshishi buyrakda toshlarning paydo bo„lishiga olib keladi. Rovoch ildizining preparatlarini homiladorlik va ichakdagi o„tkir yallig„ lanishda ichish man etiladi. Retsept.1/2-1 stakan qaynatilgan suvda 2 osh qoshiq quritilgan rovoch poyasi 30 daqiqa davomida qaynatiladi. Gipertenziya, burun va ichki qon ketish hamda kamqonlikda qabul qilinadi. Oltin tomir - Rhodiola hetrodontha (Hook. f. et Thomson) Boriss.
(Родиола разнозубчатая (золотой корень)) O’simlik tavsifi:Oltin tomir - Crassulaceae oilasiga mansub ko„p yillik o„simlik. Ildizi kuchli, vertikal, biroz yon ildizlari bor. Ildizpoyasi shoxlangan, to„mtoq uchburchakli qipiqli barglar bilan qoplangan, uzunligi 7-8 mm, eni 8 mm. Poyasi (15)-3040 sm balandlikda, tik turuvchi, soni 1-3 ta. Barglari oralari ochiq joylashgan, uchburchak-tuxumsimon, kengaygan asosi yuraksimon, ba’zida yuqori qismi cho„zilgan, poyani o„rovchi, o„troq, yirik tishsimon, ko„kimtir rangda. To„pguli zich, kallasimon qalqonchasimon, barglar bilan o„ralmagan. Gullari kalta gulbandlarda, mayda, uzunligi 3-4 mm (changchilarsiz), ikki uyli, 4 a’zodan iborat. Kosachabarglari qizg„ish, tumtoqlashgan, chiziqli. Gultojibarglari chiziqli, tumtoqlashgan, qizg„ish, kosachabargdan bir yarim baravar uzunroq. Changchilar gultojibarglardan ikki baravar yoki undan ko„proq uzunlikda, iplari qizg„ish yoki sarg„ish-yashil, uzunligi 5 mm ga yaqin, changdonlari qizg„ish, qisqa changchilar kosachabarglarga qarama-qarshi joylashgan. Urug„chisi lansetsimon, kalta yo„g„on ustunchalarga ega. Urug„chi osti qipiqlari cho„zinchoq yoki deyarli kvadrat shaklida, o„yilgan, och qizil yoki to„q sariq rangga ega, bargak uzunligining yarmiga teng. Bargaklar gultojibarglarga teng, to„g„ri, chiziqli-cho„zinchoq, kalta uchi qayrilgan. Urug„lari qo„ng„irrang, ellipssimon, uzunligi 1-5 mm. May- iyun oylarida gullaydi.