Dastarbosh - Lepidolopsis pseudoachillea (C.Winkl.) Poljakov
(Пижма ложнотысячелистниковая) O‘simlik tavsifi: Dastarbosh bu Asteraceae oilasiga mansub ko„p yillik o„t o„simlik. Poyasi bir nechta, tik turuvchi, kuchli, qirrali, oddiy va faqat yuqori qismida qalqonchasimon shoxlangan, zich bargli, kam tuklangan, balandligi 50-100 sm. Barglari uzun ipsimon tuklar bilan birmuncha siyrak tuklangan, cho„zinchoq-tuxumsimon, ikki karra patsimon, cho„zinchoq ellipssimon, arrasimon tishchali bo„laklari bor, ostki va o„rta poyadagilari uzun bandli, poyaning yuqori qismida o„troq, kichrayadi va unchalik murakkab bo„linmagan. Savatchalari zich qalqonchasimon to„pgulda joylashgan. O„rama bargalari tuxumsimon yoki deyarli sharsimon. O„rama barglari deyarli silliq, sarg„ish, orqa va yuqori qismida yashil rangga ega, tashqi tomondagi o„rama barglari yuqori qismida, shuningdek, ichki tomondagilarining chetlari ham yupqa pardasimon bo„ladi. Chetki gullarining uzunligi ichki gullarga teng, deyarli naychasimon, 3-4 tishchali, bir tomonidan chuqur kesilgan bo„kilgan joyi bo„lib, tilsimon gullarga o„xshaydi, urug„chi gullari rivojlanmagan changchilarga ega, ichki gullari sariq rangli. Pistachalar asosiga qarab biroz toraygan, sal egilgan, orqa tomondan silliq, ichki qismida 4-5 ta qirrali. Toj shaklidagi juda kalta pardasimon kesilgan popukka ega. Iyun-avgust oylarida gullaydi; mevalari iyul-sentyabr oylarida yetiladi. Tibbiyotda o„simlik to„pgullari ishlatiladi. O’sish joyi va tarqalishi:Dastarbosh deyarli O„zbekistonning tog„oldi va tog„li qismlarida keng tarqalgan. Irmoqlar, daryolar bo„yida, soyali joylarda, o„rta tog„ mintaqasining daraxtlar ostida uchraydi. Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Dastarbosh to„pgullari gullash paytida yig„ib olinadi, uning savatlari gulbandlar bilan kesib olinadi. Yig„ilgan xom ashyo ayvon ostida yoki quritgichlarda 40°C dan yuqori bo„lmagan haroratda quritiladi. Quruq xom ashyoning chiqim massasi 22-23% ni tashkil qiladi. Xom ashyoning namligi 13% dan oshmasligi kerak.