D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə143/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   163
Kimyoviy tarkibi: Afsonakning yer usti qismidan alkaloidlar ajratilgan; ya’ni sitizin, paxikarpin, p-metilsitizin, termopsin, alteramin, dimetamin, anagirin, argentin, argentaminlar mavjud. Urug„larida sitizin, paxikarpin, termopsin alkaloidlari bor. Sitizin o„simlik o„tidan ajratib olingandan keyin paxikarpinni olish usuli ishlab chiqarishda tadbiq etilmoqda. Afsonakning yer usti qismidan flavonoidlar ham olingan.
Tibbiyotda qo‘llanilishi: Sititon jarrohlik operatsiyalari vaqtida, shikastlanishlar, yuqumli kasalliklar, shok, turli intoksikatsiyalar, chaqaloqlar asfiksiya holatlarida nafas olishi to„xtaganda nafas olish markazini reflektor qo„zg„atuvchi kuchli vosita sifatida, shuningdek, yurak faoliyatini kuchaytiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Kakliko't - Thymus seravschanicus Klokov
(Чабрец зеравшанский)
O'simlik tavsifi: Kakliko„t -
Lamiaceae oilasiga kiruvchi ko„p yillik, yog„ochlanadigan shoxlangan kaudeksli yarim butacha. Poyasi ingichka, yog„ochlashgan, ildiz
oluvchi, ular yotib o„suvchi mevasiz novdalari bo„lishi bilan ifodalanadi. Gulpoyalari tik turuvchi yoki asosidan ko„tariluvchi, uzunligi 2-15 sm, to„pgullari ostida uzun yoki yarim siqilgan tuklar bilan qoplangan. Barglari qarama-qarshi, qisqa barg bandli, ellipssimon yoki cho„zilgan- 191
ellipssimon, chetki qismida asiosidan o„rtasigacha uzun kipriksimon, silliq, kam bilinuvchi nuqtali bezchalari va pastki tomonida ingichka tutamlari bor. O„rta poya barglari 5-10 mm, eni 1,5-3,5 mm; to„pgullar ostidagi apikal barglar rombik-ellipssimon. To„pgullari kallakcha, ichxamli. Gullari kalta gulbandli, ingichka qo„ng„iroqsimon ikki labli, odatda pastda bo„yalgan tukli, uzunligi 4 mm kosachabargli. Mevalari avgust oyi pishadi.
O‘sish joyi va tarqalishi: Toshkent, Farg„ona va Samarqand viloyatlarini o„rta va yuqori tog„ mintaqasining toshli, kam hollarda
mayda zarrali tuproqlarida uchraydi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin