D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Xomashyolarni yig‘ish va tayyorlash



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə144/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   163
Xomashyolarni yig‘ish va tayyorlash: Xom ashyo sifatida kiyiko„tni gullagan vaqtida yig„ib olingan gul va barglari hisoblanadi. Xom ashyo yig„ish o„simlikning gullash davriga to„g„ri kelib (mintaqaga qarab may-iyul oylarida), qaychi yoki o„roq yordamida yog„ochlangan asoslaridan yuqori qismi bargli poyalari kesib olinadi. O„simlikning ildizi bilan yulib olish mumkin emas, chunki bu o„simlikni yo„qolib ketishiga olib keladi. Xom-ashyosi ochiq havoda, soya joyda, havo yaxshi aylanadigan xonalarda, chordoqlarda yoki ayvonlar ostida, yupqa yoyilib (5-7 sm qalinlikda) vaqti vaqti bilan aralashtirilib quritiladi. Yaxshi ob-havo sharoitida 3-5 kun ichida quriydi. Aralashtirish paytida o„simlikni barg va gullari osonlik bilan to„kilsa, quritish jarayoni to„xtatiladi. So„ng xom-ashyo yig„ib olinib maydalaniladi, poyalarning qattiq va yirik qismlari g„alvirlar hamda veyalka (shamol purkagich) mashinalarida ajratiladi. Quruq xom ashyoning hosildorligi yangi to„plangan xom ashyoni 32-34% ini tashkil kiladi. Quritkichda 35-400C haroratda quritilishi kerak. Xom ashyo talabiga ko„ra, kiyiko„tning xom ashyosi ingichka novdalar (uzunligi 15mm gacha), barglar va gullarining aralashmasidan iborat. Kasachabargi uzunligi 4 mm gacha, tojibargi uzunligi 5-8 mm gacha bo„ladi. Barglari yashil, kasachabargi qo„ng„ir qizil, gultojibargi ko„k- binafsharang. Ta’mi achchiq-xushbo„y, biroz kuydiruvchi. Hidi xushbo„y. Raqamli ko„rsatkichlari: 30% li spirt bilan ajratib olingan
ekstrakt moddalar kamida 18% dan, namlik 13% dan, umumiy kul 12% dan, 10% xlorid kislatasi eritmasida erimaydigan kul 5% dan, qalinligi 0,5 mm poya qismlari 10% dan, organik moddalar (boshqa zaharli bo„lmagan o„simliklar miqdori) 1% dan oshmasligi, mineral aralashmalar (tuprok, qum, toshchalar), zaharli o„simliklar va ularni qoldiqlari, kemiruvchi va qushlarning axlati (tezagi), mog„or va chirigan o„simlik qoldiqlari, shamollatganda ketmaydigan o„tirib qolgan badbo„y hidi bo„lmasligi kerak. Tayyor xom ashyo 40-50 kg gacha bo„lgan toylarda yoki 15-20 kg qoplarda qadoqlanadi, quruq havo yaxshi aylanadigan tokchalarda saqlanadi. Xom ashyoning yaroqlilik mudati 2 yil. Kakliko„tning o„tidan balg„am ko„chiruvchi ta’sirga ega «pertussin» dori vositasini ishlab chiqarishda foydaniladi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin