D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə150/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   163
Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Qoraqovuq barglarining uzunligi 30-35 sm gacha bo„lgan davrda tayyorlanadi. Aprel oyining o„rtalarida dengiz sathidan 600-1200 m balandlikda barglarini yig„ishni boshlash mumkun. Dengiz sathidan taxminan 1600-1800 m balandlikda joylashgan zich o„sish maydonlarda aprel oyining oxiridan keyingi vaqtda yig„ish mumkin, qoraqovuq tarqalishining yuqori chegarasida (1800-2700 m balandikda) 10-12 may kunlari va barglari sarg„aya boshlashiga qadar xom ashyoni yig„ish kerak.
Yig„im vaqtida har bir o„sish maydonida o„simliklarning umumiy sonidan taxminan 5% ni urug„dan ko„payishi uchun qoldirish zarur. Bu vaqtda barglar o„roq yoki pichoqlar yordamida kesiladi, chunki gul bilan uzilsa, ko„pincha piyozboshlarning o„sish nuqtasi zararlanadi. Kesilgan barglar kichik uyumlarda to„planib, ularning qorayib ketishi va yopishib qolmasligi nazorat qilinadi. Yangi barglarni yig„ilgandan so„ng ularni somon maydalagich bilan yoki pichoq yordamida 2-3 sm uzunlikda kesish kerak.
Olingan xom ashyo ochiq joylarda yoki brezentga yupqa qatlam qilib yoyilib, xom ashyoni dimlanib qolmaslik uchun kuniga 2-3 marta xaskash yoki panshaxa yordamida ag„dariladi. Barglar tez quritilishi kerak, shunda ular yashil ranggi saqlanib qolinadi; agar quritish 4-5 kundan oshsa, ular sarg„ayadi va qorayib qoladi. Tayyor xom ashyoning namlik miqdori 11-12% dan oshmasligi kerak. Qoraqovuqning tabiiy zich o„sish maydonlarini saqlab qolish uchun ularning yig„ishni qat’iy ketma-ketligiga rioya qilish tavsiya etiladi. Bir maydondan xom ashyoni 3 yil ichida 1 martadan ko„p bo„lmagan holda yig„ib olish amalga oshiriladi.
Xom ashyoning raqamli ko‘rsatkichlari: Likorin miqdori 0,1% dan kam bo„lmasligi; vazni quritish vaqtida 13% dan ko„p yo„qolmasligi; umumiy kul miqdori 12% dan; qo„ng„irlashgan va qoraygan barglari 20% dan ko„p bo„lmasligi kerak. Og„irligi 12-15 kg bo„lgan qoplarga qadoqlanadi. Xom ashyoning yaroqlilik muddati 2 yil.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin