Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Omonqora barglarining uzunligi 30-35 sm gacha bo„lgan davrda tayyorlanadi. Dengiz sathidan 800-1200 m balandlikda barglarini yig„ishni aprel oyining o„rtalaridan boshlash mumkin. Dengiz sathidan taxminan 1500-1800 m balandlikda joylashgan o„sish maydonlarda barglarni yig„ish aprel oyining oxirida, o„simlik tarqalishining yuqori chegarasida (2200-2500 m balandikda) 12-15 may kunlari boshlanadi va barglar sarg„ayish boshlanishidan oldin tugatilishi kerak. Bu vaqtda barglar o„roq yoki pichoqlar yordamida kesiladi, chunki gul bilan uzilsa, ko„pincha piyozboshlarning o„sish nuqtasi zararlanadi. Kesilgan barglar kichik uyumlarda to„planib, ularning qorayib ketishi va yopishib qolmasligi nazorat qilinadi. Yangi barglarni yig„ilgandan so„ng ularni somon maydalagich bilan yoki pichoq yordamida 2-3 sm uzunlikda kesish kerak. Olingan xomashyo ochiq joylarda yoki brezentga yupqa qatlam qilib yoyilib, xom ashyoni dimlanib qolmaslik uchun kuniga 2-3 marta xaskash yoki panshaxa yordamida ag„dariladi. Barglar tez quritilishi kerak, shunda ular yashil ranggi saqlanib qolinadi; agar quritish 4-5 kundan oshsa, ular sarg„ayadi va qorayib qoladi. Tayyor xomashyoning namlik miqdori 12% dan oshmasligi kerak; galantamin miqdori 0,03%dan kam bo„lmasligi kerak. Xom ashyo og„irligi 12-15 kg bo„lgan qoplarga qadoqlanadi. Xomashyoning yaroqlilik muddati 2 yil. Kimyoviy tarkibi:Omonqoraning barglari va piyozlaridan asosiy alkaloid galantamindan tashqari boshqa alkaloidlar ham olinadi: likorin, gordenin, tatsettin, pankratin. Alkaloidlar va galantaminning yig„indisi barglarning rivojlanishining dastlabki davrida maksimal darajaga yetadi va vegetatsiya oxirida kelib asta-sekin kamayadi. Aprel oyining 14-kunidan 25-kunigacha bo„lgan vaqtda barglarni yig„ish uchun tavsiya etiladi, ulardagi alkoloidlar miqdori 0,50 dan 0,52% gacha, galantamin miqdori 0,13 dan 0,15% gacha, bu xom ashyoning standart talablariga to„liq mos keladi.