D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə155/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   163
Tibbiyotda qo‘llanilishi: Gazandao„t preparatlari qon
to„xtatuvchi vosita va bachadonning qisqarish faolligini kuchaytiruvchi va qon ivishini oshiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Ular klimakterik, bavosildan va boshqa qon ketishlar uchun juda samarali. Yiringli yaralarni va surunkali varikoz yaralarini davolash uchun barglari yoki quritilgan barglarining kukuni tashqi tomondan ishlatiladi. Gazandao„t barglari anemiyani davolash uchun ishlatiladi. Suyuq ekstrakti, damlamasi va nastoykasidan foydalaniladi. Gazandao„t - ryabina, na’matak, brusnika, qoraqat mevalari va sabzi ildizi bilan bir qatorda vitaminli choyning tarkibiiy qismi hisoblanadi. Gazandao„t barglari ichak faoliyatini boshqaruvchi me’da choyining tarkibiy qismi hisoblanadi, shuningdek, ich suruvchi choyning tarkibiga ham kiradi (tog„jumrut po„stlog„idan 3 qism, qashqarbeda o„tidan 1 qismi va gazandao„t barglaridan 1 qism) kiradi. Bolgariya, Polsha, Germaniyada gazandao„t preparatlari anemiya, ateroskleroz, mushak va bo„g„im revmatizmi, buyrak va siydik pufagining yallig„lanishi, jigar kasalliklari, bavosil, teri kasalliklari, 1-darajali kuyish va soch to„kilishida qo„llaniladi.
Sigirquyruq - Verbascum songaricum Schrenk.
(Коровяк джунгарский)
O‘simlik tavsifi: Bu
Scrophulariaceae oilasiga mansub ikki yillik o„simlik, balandligi 40-150 sm. Gultojibarglari sariq. Barglari butun, ildizbo„g„zi barglari deyarli o„troq yoki qisqa bandli, yoki cho„zinchoq- lansetsimon, asosida ponasimon
toraygan, uzunligi 10-40 sm va eni 3-11 sm. Mevasi ko„sak, tuxumsimon- ellipssimon, to„mtoq, bezchali tuklangan. To„pguli 20-40 sm uzunlikda, piramidal ro„vak. Poyasi tik turuvchi, bargli, yuqorida shoxlangan, tuklangan.
Kosachabarglari 3/4 yoki deyarli asosigacha lansetsimon va chiziqli- lansetsimon bo„laklarga bo„lingan, oq
tuklangan. May oyidan boshlab gullaydi. Iyul oyidan boshlab
mevalaydi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin