Qo‘ytikan qabul qilish mumkin bo‘lmagan holatlar: homiladorlik, individual ko„tara olmaslik, ich qotishi, oshqozon va o„n ikki barmoqli ichak yarasi. O„simlik zaharli hisoblanadi va ichga qabul qilganda ehtiyotlikni talab qiladi. Kiyiko’t - Ziziphora pedicellata Pazij et Vved.
(Зизифора цветоножечная) O’simlik tavsifi: Kiyiko„t Lamiaceae oilasiga mansub ko„p yillik o„simlik. Poyalari ko„p sonli, odatda biroz egri-bugri, ingichka, pastki qismida yog„ochlashgan, oddiy yoki tepasida tarvaqaylab shoxlangan, mayin tuklangan, ko„pincha siyoh rangda, balandligi 20-40 sm gacha, barglari (o„rta) lansetsimon yoki tor- lansetsimon, o„tkir, asosida ponasimon, kalta bandli, butun, silliq yoki tarqoq juda mayin, gulyonbarglar (eng past) lansetsimon yoki cho„zinchoq, juda o„tkir, juda mayin tuklangan, gullardan uzun bo„lmagan. Gullari uzun (odatda yarim xalqalarning bandlari ko„rinib turadi), pastga qarab turgan, mayin tuklangan (3)-4-5 mm uzunlikdagi gulbandlarda, ko„p gulli kallak to„pgullari poya va novdalarning yuqori qismida joylashgan. Gulyonbarglari chiziqli, tik chiqqan mayin tukli, juda mayda. Kosachabarglari 5-6 mm uzunlikda, tik chiqqan mayin tukli. Gultojibarglari och siyoh rangli, naychasi uzunligi 7-8 mm, kosachabargdan sezilarli chiqib turadi, pastki labining eni 4-5 mm. Changdonlar gultojibargning yuqori labidan biroz chiqib turadi yoki chiqib turmaydi. Iyun-avgust oylarida gullaydi, iyul-sentyabr oylarida mevalaydi. Gullash paytida yig„ilgan o„simlikning yer usti massasi dorivor xom ashyo bo„lib xizmat qiladi. O‘sish joyi va tarqalishi: U tog„larning pastki va o„rta mintaqalarida toshli va shag„alli qiyaliklarda o„sadi va Toshkent viloyatida keng tarqalgan. Umumiy tarqalishi: O„rta Osiyo (G„arbiy Tiyon-Shon).