D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Tayyorlash va foydalanish usullari



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə19/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163
Tayyorlash va foydalanish usullari: 1. Bir osh qoshiq o„simlikning ezilgan ildizlari ustiga 2 stakan qaynoq suv bilan quyiladi, 2 soat davomida damlanadi, suzgichdan o„tkaziladi. Kuniga 3 marta yarim stakandan ichiladi.

  1. Bir osh qoshiq barg ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi, 1-2 soatdan keyin suzgichdan o„tkaziladi va ovqatdan keyin har yarim yoki 1 soatda 1 osh qoshiqdan ichiladi.

  2. Xuddi shu damlamalar, shuningdek, barglari terining shikastlangan (kuyish, kesilgan yara, shilinish) yoki yallig„langan joyini ustiga qo„yiladi. Yangi barglar bo„lmasa, quritilgan barglardan foydalaniladi, lekin ishlatishdan oldin ularni iliq suvga solish kerak.

  3. Qariqizning maydalangan yangi ildizlari (75 g) iliq joyda 200 g kungaboqar yog„ida tindiriladi, keyin sekin olovda 15 daqiqa davomida qaynatiladi va suzgichdan o„tkaziladi. Ushbu damlama mahalliy vosita sifatida ishlatiladi.

  4. Qariqiz barglari yoki ildizlarining suvli damlamalari og„iz va tomoqni chayish uchun ham ishlatiladi.

Qariqiz ildizidan sabzi, kashnich, pasternak o„rnini bosadigan ajoyib sabzavot sifatida foydalanish mumkin. Qariqiz ildizini xom holda, qaynatib va qovurib iste’mol qilish mumkin, bundan tashqari non ham tayyorlanadi. Yaponiyada u uzoq vaqtdan beri «gobo» deb nomlangan sabzavot o„simligi sifatida o„stiriladi, u tomorqalarda va sanoat plantatsiyalarida etishtiriladi. Hozirgi vaqtda qariqiz Belgiya,
Fransiya, Xitoy va AQSH da sabzavot o„simligi sifatida yetishtiriladi. Qariqiz ildizi kuzning oxirida, o„sishning birmchi yilida, ildizi suvli va to„yimli bo„lganda, katta sabzi o„lchamiga yetganda yig„ib olinishi kerak. Qariqizning tozalangan barg bandlaridan sho„rvalarda ishlatiladi, ular tarkibida S vitamini juda ko„p miqdorda bo„ladi.
Undan tayyorlangan ovqatlar diabet, ekzema va boshqa teri kasalliklariga chalingan insonlarga foydali. Qariqiz yog„i (zaytun yoki bodom yog„idagi ildizning 10% li ekstrakti) soch o„sishini kuchaytirish uchun ishlatilgan. Ushbu yog„ quruq seboreya, soch to„kilishi, dermatit uchun yaxshi vosita hisoblanadi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin