D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə22/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163
Tibbiyotda qo’llanilishi: Ermondan tayyorlangan
preparatlarning tahir mazasi ishtahani ochish va ovqat hazm qilish tizimining faoliyatini yaxshilashda qo„llaniladi. Oshqozon osti bezi va o„t yo„llarining surunkali kasalliklariga chalingan bemorlar o„t haydovchi choydan ichganda og„riq, dispeptik alomatlar kamayadi yoki butunlay yo„qoladi, ishtaha yaxshilanadi va najas normallashadi. Oshqozon ichak trakti kasalliklarida o„t haydovchi vosita sifatida achchiq ermon va dorivor o„simliklarni birgalikda qo„llash ularning davolash samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Ermonni uzoq vaqt davomida qabul qilish yengil zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin, og„ir holatlarda zaharlanish umumiy toksik holatlar, ya’ni gallyusinatsiyalar va tirishishlar bilan birga kechishi mumkin.
Ermon o'tining damlamasi: 10 g (2 osh qoshiq) o„ti sirli idishga solinib, 200 ml (1 stakan) issiq suv quyiladi, qopqog„i yopiladi va qaynatilgan suvda (suv hammomida) 15 daqiqa qizdiriladi. Keyin u 45 daqiqa davomida sovitiladi, suzgichdan o„tkaziladi va qolgan massa siqib olinadi. Tayyorlangan damlamaga qaynatilgan suv solinib, dastlabki hajmi 200 ml ga yetkaziladi. Damlama salqin joyda 2 kungacha saqlanadi. Achchiq ermon o„t pufagi tomchilari, oshqozon tabletkalari, ishtaha ochuvchi va o„t haydovchi yig„malar tarkibiga kiradi.
Qora zirk - Berberis integerrima Bunge
(Барбарис цельнокрайний)
O’simlik tavsifi: Qora zirk - buta, balandligi 4 m gacha, Berberidaceae oilasiga kiradi. Kuchli shoxlangan; shoxlari burchakli, qo„ng„irrang yoki to„q qizil rangga ega. Pastki mevasiz novdalardagi tikanlar uch bo„lakli, o„rta va yuqori novdalarida oddiy. Barglari terisimon, teskari tuxumsimon yoki cho„zinchoq, uzunligi 4-5 sm, eni 13-18 mm, qisqa bandli, chetlari butun yoki deyarli butun; pastki novdalarda, ko„pincha katta, o„tkir chandiqli. Gullari odatda 12-20 tagacha uzun, pishib yetilish vaqtida osilib turuvchi shingilda joylashadi. Kosachabarglar va gultojibarglar deyarli bir xil, teskari tuxumsimon. Ustuncha juda qisqa; urug„chi nisbatan katta bo„lib meva ustida qoladi, urug„kurtaklar 3-4. Rezavor meva teskari tuxumsimon yoki cho„zinchoq, to„q-qizil, ko„kimtir qoplamli, uzunligi 7-8 mm. May oyida gullaydi, iyun-iyul oylarida mevalaydi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin