D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə23/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163
O’sish joyi va tarqalishi: O„zbekistonda qora zirk Farg„ona,
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi o„rta tog„ mintaqasida toshloq va mayin- shag„alli tog„
yonbag„irlarida o„sadi.
Areali: O„rta Osiyo (Tiyon-Shon, Pomir-Oloy), Eron, Afg„oniston, Kuldja.
Xom ashyoni yig’ish va uning sifati: Yig„imdan keyin qora zirk yer osti qismi asta-sekin o„sishini hisobga olib, uning chakalaklarini ekspluatatsiya qilish ketma-ketligini qat’iy nazorat qilish kerak va 5-10 yildan kam bo„lmagan vaqtda takroriy hosil yig„ish mumkin. Bunday holda, har ikkinchi butaning ildizlarini qazish tavsiya etiladi. So„nggi yillarda berberindan qo„shimcha o„simlik moddalari olish maqsadida tadqiqotlar olib borildi, ular qora zirk novdalarini xom ashyo sifatida ishlatish imkoniyatini ko„rsatdi. Bu 3-4 yil ichida qora zirk chakalaklarini tiklanishini ta’minlaydi. Qora zirkning barglari mayning o„rtasidan iyun oyining o„rtalariga qadar yig„ib olinadi.
Kurtaklar chiqarishdan oldin erta bahorda yoki kuzda (meva pishganidan keyin) yig„ilgan ildizlar tozalanadi va quritiladi, bo„laklaming uzunligi 2 dan 20 sm gacha, qalinligi 6 sm gacha, butun, deyarli silindrsimon, tekis yoki qayrilgan, ko„pincha shoxlangan, bo„ylamasiga bujmaygan; ildiz bo„laklari orasida bo„yiga parchalangan, siniq joylarida dag„al tolalisi ham uchraydi. Ildizlarning rangi kulrang- qo„ng„ir, siniq joylarida limonsimon-sariq. Hidi kuchsiz, o„ziga xos, ta’mi achchiq. G„unchalash va gullash fazasida to„plangan barglar quriganidan so„ng ellipssimon shaklga ega, uzunligi 2-7 sm va eni 1-4 sm, ingichka, ikki tomoni mum bilan qoplangan. Barglarning rangi yuqori tomonda quyuq yashil rangda, pastki qismida ancha ochroq rangda. Hidi o„ziga xosdir. Ta’mi nordon. Xom ashyo tarkibida namlik 14% dan oshmasligi kerak; umumiy kuli 5% dan, teshigining diametri 3 mm bo„lgan elakdan o„tgan maydalangan qismlar 5% dan; normal rangini yo„qotgan qismlar (sarg„ish, qoraygan, jigarrang) 4% dan; qora zirkning boshqa qismlari (mevalar, gullar, poyalari) 1% dan; organik aralashmalar (boshqa zaharli bo„lmagan o„simliklaming qismlari) 2% dan va mineral aralashmalar (tuproq, qum, toshbo„ron) 1% dan
oshmasligi kerak. Xom ashyo 10-20 kg gacha bo„lgan mato qoplariga yoki 50 kg og„irlikdagi toylarga qadoqlanadi. Xom ashyoning yaroqlilik muddati - 3 yil.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin