D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə24/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163
Kimyoviy tarkibi: Qora zirk ildizlari tarkibida alkaloidlar: berberin (0,3-2%), palmatin (0,05%), yatrorritsin (0,25%), oksiakantin (0,7%), kolumbamin, magnoflorin va boshqalar mavjud. Asosiy modda - berberin. Barglari tarkibida berberin, glautsin, izokoridin, S vitamini, karotin, bo„yoqlar: binafsharang pigment va boshqalar mavjud.
Tibbiyotda qo'llanilishi: Qora zirk qirralarning ildizlaridan ajratilgan alkaloidlar gipotenziv va o„t haydovchi xususiyatlarga ega, ichakning silliq mushaklariga tinchlantiruvchi ta’sir ko„rsatadi.
Xoletsistit, o„t tosh kasalligi, surunkali gepatit va gepatoxoletsistit kasalliklarida ishlatiladi. Bachadon qon ketishida 20% barg damlamasi, 5% damlamasidan esa jigar kasalliklarida ishlatiladi. Tuxumdon disfunksiyasi bilan bog„liq qon ketish vaziyatlarida damlamadan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Oq qayin - Betula pendula Roth
(Берёза повислая)
O’simlik tavsifi: Oq qayin - daraxt
o„simligi, balandligi 20 m gacha, Betulaceae oilasiga kiradi. Ildiz tizimi odatda tuproq yuzasiga yaqin
joylashgan, ammo
o„sish sharoitga qarab, u qiyalama holda chuqurlikka kirib
boradi. Poyaning diametri 0,6-0,8 m ga yetadi. Shox-shabbalari zich bo„lmagan, tarvaqaylab ketgan. Po„stlog„i silliq, oq, poyaning pastki qismida yoriqli, qora-kulrang (yetuk yoshli daraxtlarda). Boshida yosh daraxtlarda po„stloq sarg„ish-oq, keyin esa oq rangga aylanadi. Yosh novdalar egilgan, tuksiz, egiluvchan, smola saqlovchi bezchalar bilan qoplangan. Kurtaklari silliq. Barglari ketma-ket, uzunligi taxminan 2,5 sm uzun bandlarda, uchburchak yoki rombisimon-tuxumsimon, asosi keng ponasimon shaklida, qirrasi bo„ylab ikki tishli, tepada ko„proq yoki kamroq cho„zilgan va uchqirlashgan. Gullari to„g„ri, shoxlarning uchida bir jinsli osilgan kuchalalarda joylashgan. Changchi gullari qisqa gulbandli, uzunligi 5-6 sm, osilgan, 2-4 ta bo„lib o„tgan yilgi novdalar uchida joylashadi. Urug„chi gullari yakka, qisqa yashil g„uddasimon tirslarga to„plangan, qisqargan yon novdalarda joylashgan. Mevasi qanotli kichik yong„oqchadan iborat. Aprel oyining oxirida - may oyining boshlarida gullaydi. Oktyabr oyida mevalar pishib etiladi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin