D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə3/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bo‘ymodaron - Achillea millefolium L.
(Тысячелистник обыкновенный)
O’simlik tasnifi: Bo„ymodaron Asteraceae oilasiga mansub ko„p yillik o„simlik, ildizlari
o„rmalovchi, simsimon shaklda. Poyasi tik turuvchi, balandligi 20­80 sm, mayin tuklar bilan qoplangan. Barg yaproqlari lansetsimon, cho„zinchoq, uzunligi 3-15 sm, eni 0,5-3 sm, pastki qismida nuqtali bezchalari bor, ikki yoki uch karra patsimon bo„lingan, asosiga biroz yetmaydi, ko„p sonli (15-30) bir-biridan sezilarli uzoqroq joylashgan birlamchi bo„laklari bor, ular 9-15 ta tishsimon bo„lakchalarga ega. Gul savatchalari poyaning yuqori qismidagi qalqonchalarda to„planadi. Tilsimon gullari 5 ta, rangi oq,
kamdan kam hollarda pushti rangda bo„ladi. Urug„lari (pistacha) yassi,
cho„zinchoq kumushsimon- kulrang, uzunligi 1,5-2 mm. Iyun oyidan yozning oxirigacha gullaydi:
urug„lari iyul-sentyabrda pishib yetiladi. Tibbiyotda o„simlikning yer usti qismi (o„simlik o„tlari va gullari) ishlatiladi.
O’sish joyi va tarqalishi: Bo„ymodaron
O„zbekistonning barcha hududlarida uchraydi. Ko„pincha tog„ oldi etaklaridan to o„rta tog„ mintaqasigacha tarqalgan. Dala chetlarida, yo„l bo„ylarida, o„rmonlarda o„sadi; ba’zan tashlandiq yerlarda zich o„sish maydonlarini hosil qiladi. O„simlik soyaga sezgir bo„ladi.
Xom ashyoni
yig’ish va uning sifati:
Bo„ymodaron o„simligining ikki qismidan, ya’ni o„simlik o„ti va gullaridan xom ashyo yig„iladi. O„simlikni gullash davrida (iyun
oyidan to avgust oyining birinchi yarmigacha) 15 sm uzunlikda poyalarining tepa qismi yig„iladi.
Gullaridan xom ashyo yig„ilganda alohida savatchalari yoki 2 sm dan katta bo„lmagan holda qalqon to„pgul bilan poyalari kesib olinadi. O„simlikni ildizi bilan butunligicha sug„urib olish mumkin emas; bu zich o„sadigan maydonlar yo„q qilinishiga olib keladi. Yig„imni to„g„ri olib borilganda bir maydondan bir necha yil xom ashyo olish mumkin, so„ngra ushbu maydonga 1-2 yil davomida «dam» beriladi. Davlat farmakopiyasi talablariga binoan «Bo„ymodaron» xom ashyosi poya qoldiqlari 15 sm dan oshmagan qalqoncha to„pgullardan iborat. Xom ashyoda alohida savatchalar ham uchraydi. Hidi xushbo„y, o„ziga xos, achchiq ta’mli.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin