D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə30/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163
Kimyoviy tarkibi: Ittikanak o„simligi tarkibida kamida 10 ta flavonoidlar, kumarinlar (umbelliferon i skopoletin), askorbin kislatasi (60-70 mg% ), karotin (50 mg% dan yuqori), kondensatsiyalangan taninlar (4,46% gacha), achchiqlik, shilimshiq, laktonlar, aminlar, katta miqdordagi marganets hamda efir moylarining izlari mavjud.
Tibbiyotda qo'llanilishi: Ittikanak siydik haydovchi va terlatuvchi xususiyatlariga ega bo„lib, ovqat hazm qilishini yaxshilaydi, buzilgan metabolizmni normallashtiradi. Ittikanak preparatini urtikar toshmalar bilan kechadigan turli diatezlarda, skrofulezda, neyrodermit va bosh terisini seboreya kasalliklarida tavsiya etiladi. Tashqi tomondan qo„llanilganda yara yuzasini quritadi va terining shikastlangan joylarini tezroq tiklanishiga yordam beradi. O„simlik o„tini shamollaganda terlatuvchi vosita sifatida, shuningdek, siydik haydovchi,
yallig„lanishga qarshi, vitaminli va allergiyaga qarshi davolanish vosita tarzida ham qo„llaniladi. Ittikanakni qo„llash mumkin bo„lmagan holatlar aniqlanmagan. Ushbu o„simlik 10 ta bo„lakli 100 gr li paketlarda va 75 gr briketlarda sotiladi. Bir bo„lagi bir stakan qaynagan
suv bilan aralashtirib, 10 daqiqa tindiriladi va suzgichdan o„tkaziladi. Ertalab va kechqurun ovqatdan keyin 1/3 stakandan ichiladi.
O’simlik damlamasi: 10 gr (3 osh qoshiq) o„simlik o„ti sirli idishga solinadi, 200 ml (1 stakan) issiq qaynatilgan suv solinadi va 15 daqiqa qaynab turgan suv xammomiga isitiladi, so„ngra 45 daqiqa sovutiladi, suzgichdan o„tkaziladi va qolgan massasi ajratib olinadi. Suzilgan suyuqlikka suv qo„shib, 200 ml gacha yetkaziladi. Damlama ovqattan keyin kuniga 2-3 marta ^ - 1/3 stakandan ichiladi. Vanna qilish uchun har 10 litr suv uchun 1 stakan damlama solinadi. 2 kundan ortiq bo„lmagan muddatda salqin joyda saqlanadi.
Kovul - Capparis spinosa L.
(Каперсы колючие)
O’simlik tavsifi: Kovul - Capparaceae oilasiga mansub yoyilib o„sadigan ko„p yillik o„simlik, uzunligi 1,5 m gacha, biroz tuklangan va yoyilib o„sadigan novdalarga ega va kuchli ildiz tizimi 70 sm chuqurlikkacha kiradi. Barglari oval-tuxumsimon,
uchlari tikanli, mayda,
sarg„ish yonbargchalar


joylashgan. Gullari yakka, yirik, dastlab oq rangli, gullash paytida


pushti, barglari qo„ltig„ida 4 ta kosachabarglar, 4 ta gultojibarglar va ko„p sonli changchilari bor. Mevasi rezavorsimon, ovalsimon,
etli, yashil rangda, ko„plab buyrak shaklidagi jigarrang urug„larni ichida saqlaydi. May-iyul oylarida gullaydi va mevalaydi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin