D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə31/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163
O’sish joyi va tarqalishi: Bu tur
O„zbekiston va
O„rta Osiyo bo„ylab tarqalgan, u asosan cho„l va yarim cho„l zonasida, tog„ oldi va quyi tog„ mintaqalarida uchraydi, ba’zan
tog„laming o„rta mintaqasigacha kirib boradi.
Xom ashyoni yig'ish va uning sifati: Ildizlarning po„stlog„i, gullari, kurtaklari va kovul mevalari dorivor maqsadda ishlatiladi. Ildizlari kech kuzda, kurtaklari va gullari may-iyun oylarida, mevalari iyul-avgust oylarida yig„iladi.
Kimyoviy tarkibi: Kovul mevalarida tioglikozidlar, steroid saponinlar, rutin, askorbin kislotasi (23-57 mg%), shakar (12% gacha), mirozin fermenti, qizil pigment, efir va yog„li moylar, yod topilgan; gullar va kurtaklarda saponinlar, rutin (0,32% gacha), kversetin, askorbin kislotasi (150 mg% gacha), rang beruvchi moddalar, ildizlarda - glikozid kapparidin, po„stlog„ida va barglarida - staxidrin mavjud.
Tibbiyotda qo'llanilishi: Kovuldan olingan ekstrakt
Hindistonda ishlab chiqarilgan va tibbiy amaliyotda tasdiqlangan LIV- 52 kompleks preparatining bir qismidir. U tabletka shaklida chiqariladi va jigar kasalligi uchun buyuriladi. O„ simlikning
yangi qismlari
biriktiruvchi, siydik
haydovchi, antiseptik va og„riq qoldiruvchi
xususiyatlarga ega. Kovul gullarining sharbati
yaralarga surtish va shirincha kasalligida ichish uchun ishlatiladi. Kovul ildizlarining yangi, tozalangan po„stlog„i tish og„rig„i uchun chaynaladi va yiringlayotgan yaralar ustiga qo„yiladi. Kovulning mevalari xalq tabobatida tish
og„rig„i, tish milki, qalqonsimon bezi, bavosil kasalliklarida qo„llaniladi. Ezilgan kovul ildizlarining po„stlog„i bod kasalligida va brutsellyoz uchun ishlatiladi. Ildiz po„stlog„ining damlamasi stenokardiya, asabiy tutqanoqlarda, falajda, shamollashli revmatik og„riqlarda, taloq kasalliklarida, jigar kasalliklarida, shu jumladan, sariq kasalligida ishlatiladi. Xuddi shu damlama bilan qichima kasallikda teriga surtish uchun ishlatiladi. Qandli diabetda novdalar va barglarning damlamasi, bosh og„rig„ida urug„lardan foydalaniladi. Kovul oziq-ovqat uchun ishlatiladi: mevalar va g„unchalari yaxna ovqatlar uchun ziravor sifatida ishlatiladi, marinadlangan novdalar va kovulning gul kurtaklari go„sht va baliq ovqatlariga, sho„rvalar va sharbatlarga yoqimli nordon ta’m beradi. Kovulning ildizi matolarga jigarrang-yashil bo„yoq ishlab chiqarish uchun xom ashyo hisoblanadi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin