D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə34/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   163
O’sish joyi va tarqalishi: U asosan MDHning Yevropa hududidagi o„rta va shimoliy qismida va G„arbiy Sibirda o„sadi. U ko„pincha qishloq xo„jalik ekinlarida, ayniqsa, kuzgi javdarda, o„rmonlarda, tashlandiq yerlarda va yaxshi ishlov berilmagan yerlarda begona o„t sifatida o„sadi. Bo„tako„z gullari qumli va qumoqli tuproqlarni afzal ko„radi, ammo og„ir gilli tuproqlarda ham o„sadi. O„zbekistonda u gulzorlarda manzarali o„simlik sifatida o„stiriladi.
Xom ashyoni yig’ish va uning sifati: Bo„tako„z gulining chetki ko„k gullari dorivor xom ashyo hisoblanadi. To„liq ochilgan gullar xom ashyo uchun yig„iladi. Buning uchun gul savatchalari kesiladi yoki uziladi, keyin chetki voronkasimon ko„k gullari uzib olinadi, bunda ichki naychasimon gullarni ham uzmaslikka harakat qilish kerak. Ular qanchalik kam bo„lsa, xom ashyoning sifati shunchalik yaxshi bo„ladi. Yig„ilgan xom ashyo ajratiladi, gulo„rni, ichki naychasimon va xiralashgan chetki gullari, shuningdek, boshqa aralashmalar olib tashlanadi va zudlik bilan issiq, qorong„i xonada quritiladi (nurda, gullar rangi tez o„chadi va xom ashyo sifatsiz bo„lib qoladi). Usti yopiq ayvonlar ostida uni toza qog„ozga yupqa qatlamga yoyib yoki quritgichlarda 40-500C haroratda quritish tavsiya etiladi. Xom ashyo sifatiga qo„yiladigan talablar XI DF da belgilangan va quyida keltirilgan.
Tashqi belgilar: Chetki va o„rtadagi gullarining aralashmasi. Chetki gullari jinssiz, voronkasimon, uzunligi 2 sm gacha, gultojisimon, shakli qiyshiq, bo„kilgan joyining bo„laklari 5-8 ta gacha chuqur kesilgan lansetsimon va naychali asosining uzunligi 6 mm gacha bo„ladi. O„rtadagi gullari - ikki jinsli, naychasimon, uzunligi taxminan 1 sm, 5 ta tekis tish bilan tugaydi, o„rtasidan asosiga tomon torayib boradi. Changchilari 5 ta, erkin dag„al iplari va qo„shilib o„sgan changdonlarga ega. Urug„chisi pastki tugunchali. Chetki gullarning rangi ko„k, asosida rangsiz, o„rtadagi - ko„k-binafsha rangga ega. Hidi kuchsiz. Ta’mi biroz xushbo„y.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin