D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Sachratqi o‘ti va ildizining damlamasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə40/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   163
Sachratqi o‘ti va ildizining damlamasi: 1 osh qoshiq sachratqi guli va 1 osh qoshiq sachratqi ildizi olinadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: Qon tomir kasalliklari, shuningdek, vena qon tomirlari varikozi yoki gemoroy kasalliklari bilan og„rigan bemorlar kundalik ratsionida sachratqi mahsulotlarini iste’mol qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishi kerak.
Iloncho'p - Cistanche salsa (C.A.Mey) Beck
Цистанхе солончаковая
O'simlik tavsifi:
Cistanche salsa (C.A.Mey)
Beck. - Iloncho„p.
Orobanchaceae -
Shumg„iyadoshlar oilasiga
mansub ko„p yillik o„simlik. Poya uzunligi 15-30-(40) sm, eni 10-12 mm, asosida ancha yo„g„onlashgan, ustma-ust
ko„psonli qoplangan,
tuxumsimon yoki cho„zinchoq- tuxumsimon, to„mtoq, silliq yoki orqa tomoni dag„al oq tuk bilan qoplangan, chetlari esa
pardasimon bo„lgan qipiqlarga ega. To„pguli silindrsimon yoki oval-silindrsimon, bo„yi 8-20-(25) sm, guli zich o„troq yoki deyarli o„troq. Qoplaydigan qipiqlar cho„zinchoq lansetsimon, to„mtoq, orqa tomoni kam yoki ko„p darajada dag„al tukchalar bilan qoplangan, chetlari pardali, bilinmaydigan tishchali, kipriksimon. Gulyonbarglari chiziqlidan ellipssimongacha, to„mtoq, orqa tomoni kam yoki ko„p tukli, chetlari ingichka pardasimon, kosachabarg uzunligiga teng yoki undan biroz qisqa. Kosachabarglari naysimon qo„ng„iroqcha, uzunligi 10-14 mm, silliq yoki ko„p yoki kam dag„al tuklangan, 1/3 qismigacha yarim aylana shaklda, o„zaro teng, to„mtoq, chetlari pardasimon, dag„al kipriksimon tuklangan bo„laklarga bo„lingan. Tojibarglari uzunligi 25­35 mm, tashqi tomonga kamroq yoki ko„proq egilgan, ba’zan deyarli
to„g„ri, pastki qismi naysimon, oqish, ichki qismida changchilari birikkan joyda odatda tukli, o„rtasidan tepaga qarab sekin-asta binafsha rangli egilgan joyi kengayadi, yarim aylana shaklida, deyarli bir biriga teng, qayrilgan yoki egilgan, chetlari kam yoki ko„proq kipriksimon qirqilgan bo„laklardan iborat.
Changchilari naysimon tojibargning quyi chorak qismiga birikkan, yupqa yassilashgan asoslari tukli iplari bilan, changdonlari sariq, zich tuklangan, uyalari qisqa o„tkirlashgan. Tuguncha cho„zinchoq tuxumsimon, gultojibarg naychasiga teng, silliq, ingichka ustunchaga o„tuvchi, yuqorida egilgan deyarli sharsimon, biroz 2 bo„lakli tumshuqchasi bor.
Ko„sagi tuxumsimon yoki oval tuxumsimon, kosachabarglari uzunligiga teng yoki qisman uzunroq, silliq, tuksiz, terisimon, ikki bo„lakli ko„p sonli ovalsimon yoki oval-noksimon juda mayda urug„lar hosil qiladi. Aprel oyi gullab, may-iyul oylari mevalaydi. O„zbekiston
florasida 9 ta turi bo„lib, barchasi parazit o„simlik, xo„jayin o„simlik ildizida rivojlanadi va barglar o„rniga qipiqlar bo„ladi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin