D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə41/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163
O’sish joyi va tarqalishi:
Qumli-gilli va gilli sho„r tuproqlar hamda sho„rtob cho„llarda uchraydi.
Anabasis,Calligonum, Haloxylon va Salsola turkumlarining ko„p yillik o„simlik turlarida parazitlik qiladi. O„zbekistonda Buxoro, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog„istonda o„sadi.
Xom ashyoni yig’ish va uning sifati: O„simlikning xom ashyosi yer osti qismi, ya’ni - ildizi hisoblanib, urug„lagandan so„ng, tinim davridan oldin, biologik faol moddalari yuqori bo„lganda yig„iladi. Bu vaqtda o„simlikni yer usti qismidan osongina ajratish mumkin, chorva mollarini boqilishi va kuchli shamoldan keyin o„simlikni umuman topib bo„lmaydi. Yig„ilgan stolonlar (poyalar) tuproq va boshqa mineral moddalardan tozalanadi. Yo„g„on stolonlar 1-2 sm qalinlikda
maydalanadi. Zararkunandalar bilan zararlangan poya qismlari tashlab yuboriladi. Xom ashyo 2-3 kun davomida ochiq havoda, nam ob- havoda ayvon ostida quritiladi. Keyin havo yaxshi aylanadigan xona tokchalarida yoki 400C haroratdan yuqori bo„lmagan quritgichlarda (5 sm qalinlikda) yoyib qo„yiladi. Ob-havo yaxshi bo„lganida quyoshda ham yupqa qilib brezent ustiga yoyib quritish mumkin va kechki vaqtda usti yopib qo„yiladi. Stolonlar quriganligini sinuvchanligi orqali tekshiriladi. Qurigan xom ashyodan qoraygan va turli xil aralashmalardan tozalanadi. Xom ashyo 15-20 kg qoplarda yoki 30 kg li toylarda qadoqlaniladi, hasharotlarda tozalangan quruq stellajlarda saqlanadi.
Kimyoviy tarkibi: Uglevod va unga tegishli birikmalar: D- manit. Organik kislotlar: qahrabo kislotasi. Iridoidlar: sistanin, sistaxlorin. Steroidlar: в-sitosterin, в-D-glyukozit в -sitosterin. Fenollar va birikmalari (v%): sistanozid A 0,085, sistanozid V 0,002, akteozid 0,072, exinakozid 0,106, sistanozidlar S va D, 2-atsetilakteozid, osmantuzid V, sistanozidlar E va F, sistanozid G, salidrozid, sizdanozidlar H va J, dikofeoilakteozid. Lignanlar: liriodendrin, O-e-D- siringin, (+) - pinorezinol.

glyukopiranozid (+) - gorezinol sirini,
Flavonoidlar 0,55%.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin