D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə42/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   163
Tibbiyotda qo’llanilishi: Markaziy
Osiyoda damlamasi sifilis (zaxm) kasalligida
ishlatiladi, suv ekstraktlari bakteritsid ta’sir ko„rsatadi. Herba cistanche yoki iloncho„p o„ti (noilmiy adabiyotlarda o„simliklaming stolonlar
shunday deb ataladi) deyarli 2000 yil davomida
Xitoyning an’anaviy
tibbiyotida qo„llaniladi.
Sharq aholisi bu o„simlikni Jou-Sun-Jun (Roucongrong) deb atashadi.
Yozma manbalarda u birinchi marta miloddan avvalgi 100 yilga mansub Muqaddas dehqonning (Shennong Bencao Jing) O„simlikshunoslik qonunida tilga olingan. Unda uni erkaklar va ayollarning jinsiy organlarining buzilishlarida, tayanch-harakatlanish apparati, siydik ajratish tizimi va qon aylanishining buzilishini kasalliklarida qo„llash taklif etilgan. Iloncho„p o„t bilan shifobaxsh yig„malardan foydalanish Min sulolasi davrida keng ommalashgan. Masalan, bu o„simlik Fu Renyuyaning 1644 yilda chop etilgan «Oftalmologiyaning bebaho kitobi»da (Shenshi Yaohan) yoshlikni qaytaruvchi (HuanShaoDan) va buyraklarni oziqlantiruvchi magnetit (Bushen Cishi Wan) dori vositalarini tarkibiga kirgan.
Hozir ham Xitoy tabobatida, shuningdek, Yaponiya va Tayvanda quvvatni oshiruvchi sharbatlar tayyorlashda qo„llanilib kelinmoqda hamda siydik ajratish yo„llarini davolashda, surunkali buyrak yetishmovchiligida foydalaniladi. Iloncho„p o„simligi asosan bepushtlik va quvvatni oshirishda ishlatiladi. Ammo, asosan, iloncho„p o„tlari iktidarsizlik va bepushtlikni davolash vositasi sifatida joylashtirilgan. Iloncho„pdan foydalanishning uzoq yillik tajribalari asosida uning ajoyib xususiyatlari tasdiqlangan. Bu chindan ham «cho„l jensheni». U afrodiziak xususiyatlariga ega, erektil disfunksiya uchun samarali va bepushtlikka yordam beradi.
Shuningdek, iloncho„p buyrakning yallig„lanishli kasalliklarini, nefrogen arterial gipertenziyani davolashda juda samarali, kognitiv funksiyalarni yaxshilaydi (konsentratsiya va aqliy faoliyat) va umumiy quvvatni oshiruvchi ta’sirga ega. Shu bilan birga iloncho„p juda yumshoq ta’sir ko„rsatadi, nojo„ya ta’sirlarga ega emas va uzoq muddatli foydalanishga yaroqlidir. Darhaqiqat, Xitoy va Yaponiyada o„tkazilgan ko„plab klinik oldi tadqiqotlar iloncho„p ekstraktining antioksidant, yallig„lanishga qarshi, neyroprotektor va
immunostimullovchi xususiyatlarini tasdiqladi.
Iloncho„p o„simlik-xo„jayinda parazitlik qiladi, ya’ni mazkur holatda, oq saksovulda (Haloxylon persicum L.), katta maydonlarda tarqalgan hududlarda juda ko„p miqdorda uchraydi, ba’zan esa sezilarli populyasiyalarni hosil qiladi. Bunday populyasiyalarning 1 ga tijorat uchun maqsadli maydonlarida o„rtacha 30 dan 42 ta gacha o„simlik namunalarining borligi aniqlandi.
Nazorat joyidan yangi qazilgan o„simlikning og„irligi o„rtacha 320 dan 550 grammgacha (ho„l massa), uning qurish koeffitssienti 88% ni tashkil etdi, bunda nisbiy quruq massasi 38,4 dan 66 grammgacha bo„ldi, shunga asosan iloncho„p stolonlari xom ashyosining (nisbiy quruq massa hisobida) o„rtacha hosildorligi 1,88 kg/ga tashkil etadi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin