D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə43/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   163
Dug’buy - Codonopsis clematidea (Schrenk) C.B. Clarke
Кодонопсис ломоносовидный
O’simlik tavsifi: Dug„buy -
Campanulaceae oilasiga mansub og„ir, yoqimsiz hidga ega bo„lgan ko„p yillik o„simlik. Ildizi kuchli, urchuqsimon. Poyasi tik turuvchi yoki egilgan, odatda ko„tarilib turgan, asosidan zich shoxlangan, tuklangan yoki silliq, balandligi 3 metrgacha. Barglari eng yuqoridagi qarama-qarshilardan tashqari, bandli, tuxumsimon, cho„zinchoq-
tuxumsimon yoki kamdan-kam hollarda lansetsimon, o„tkir, butun qirrali, to„q yashil, kalta tuklangan. Gulbandlari uchki, bitta gulli, mayda oq dag„al tuklar bilan qoplangan. Kosachabarglari ko„kimtir, keng


cho„zinchoq, silliq yoki kiprikli, gullashdan keyin, odatda, kuchli
o„sgan bo„laklarga ega.
Gultojibarglari keng
qo„ng„iroqsimon, kulrang-moviy, tomirlari ko„k rangda, uzunligi 2­3 sm. Changchi iplari faqat asosida kengaygan. Ko„sagi
siqilgan, teskari konus shaklida yoki tuxumsimon, o„tkir.
Urug„lar tor ellipssimon, xira, qanotsiz. Iyun-avgust oylarida gullaydi va mevalaydi. Gullash paytida yig„ilgan o„simliklaming yer usti qismi dorivor xom ashyo bo„lib xizmat qiladi.


U nam yerlarda, o„rta tog„ mintaqalarining daralar tubi bo„ylab, toza
O’sish joyi va tarqalishi: tog„ soylari va irmoqlari bo„ylab o„sadi. U O„zbekistonning Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o„sadi.
Respublikadan tashqarida u Tiyon- Shon, Pomir-Oloy, Jungar Olatog„i,
Shinjyan, Qashqar, Afg„oniston, Kashmirda uchraydi.
Xom ashyoni yig’ish va uning sifati: Dug„buy o„tlari ommaviy gullash va meva berish davrida yig„ib olinishi kerak, shuningdek, FS 42 Uz-0164-2017 da belgilangan talablarga javob berishi kerak. Dug„buy o„tini avgust oyida o„simlikning gullash davrida yig„iladi. Yashil novdalar qisqartirilgan o„roqlar yoki bog„ qaychisi yordamida kesiladi. O„simlik o„ti ochiq havoda, quyosh ostida yoki soyada quritilib, 10-20 sm qatlam qilib yoyiladi. Shu tarzda quritilgan maysa kombayn yordamida bargni poya, gulbandlari va aralashmalardan ajratish uchun maydalanadi va xom ashyoni yakuniy qayta ishlash saralash moslamalarida amalga oshiriladi. Farmakopeya maqolasi FS 42 Uz-0164-2017 talablariga ko„ra, tayyor xom ashyo hajmi 0,3 dan 8 mm gacha bo„lgan turli xil shakldagi poyalar, barglar, gullar, ko„saklar va urug„lar bo„laklaridan iborat. Hidi o„ziga xosdir. Ta’mi biroz xushbo„y. Namlik miqdori 12,0% dan, umumiy kuli 13,1% dan oshmasligi kerak. Mutlaqo quruq xom ashyoda efir moyining tarkibi kamida 0,2% bo„lishi, organik aralashmalar (boshqa o„simliklammg qismlari) 1% dan, mineral (qum, tuproq, tosh) 1% dan oshmasligi kerak. Butun o„tni sof og„irligi 5-15 kg, maydalangani - 10­30 kg bo„lgan qoplarga joylashtiriladi. Xom ashyo quruq joyda 2 yilgacha saqlanadi. Boshqa dorivor xom ashyodan alohida, quruq, havo yaxshi aylanadigan joyda saqlanadi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin