D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Xom ashyoni yig'ish va uning sifati



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə46/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   163
Xom ashyoni yig'ish va uning sifati: Oqquray mevalarini yig„ish iyun oyining ikkinchi yarmida yoki iyul oyining boshlarida boshlanishi va avgust oyining o„rtalarida tugashi kerak. Talablarga ko„ra, tayyor xom ashyo teskari tuxumsimon oq-kulrangli zich mayin tuklangan bitta urug„li mevadan (dukkak) iborat. Uzoq vaqt saqlanganda mevaning tuklari to’kilib, ular qora-qo„ng„ir rangga kiradi. Ta’mi hushta’m, biroz achchiq, hidi xushbo„y, o„ziga xosdir. Raqamli ko„rsatkichlar: psoralen va izopsoralen yig„indisi (mutlaqo quruq hom ashyoga nisbati bo„yicha) 0,9% dan; mutlaqo quruq va aralashmalardan xoli bo„lgan xom ashyo tarkibidagi furokumarinlarning tarkibi 1% dan; tijorat namunalarida 0,9% kam bo„lmasligi; namlik 10% dan; umumiy kul miqdori 7% dan; organik aralashmalar 4% dan ko„p bo„lmasligi kerak. Oqquray xom ashyosi og„irligi 40 kg gacha bo„lgan qoplarda qadoqlandi. Javonlarda quruq, yaxshi havo aylanadigan joyda saqlanadi. Xom ashyoning yaroqlilik muddati 3 yil.
Kimyoviy tarkibi: Oqqurayning dukkagi va ildizidan Psoralen preparati (psoralen va izopsoralen furokumarinlari aralashmasi) olingan. Voyaga yetgan mevalarda kumarinlarning eng katta miqdori (0,92%) o„simlikning yoppasiga mevalash davrida qayd etilgan. Ildizlarda
psoralen miqdori 0,18 dan 0,58% gacha; uning maksimal to„planishi o„simlikning yer usti qismini qurish davrida kuzatiladi. Bundan tashqari, oqquray ildizlari tarkibida 12,34% gacha tanin bor, yer usti qismida 0,03-0,4% yarim qattiq efir moyi, dukkagida 15,25% gacha yog„li moylar topilgan.
Tibbiyotda qo’llanilishi: Oqquray o„simlikning dukkagidan olingan psoralen preparati pes va uyali yumaloq kallikni davolashda ishlatiladi.
Solab - Dactylorhiza incarnata subsp. Cilicica (Klinge) H.Sund.
(Ятрышник теневой)







Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin