O‘simlik tavsifi: Solab Orchidaceae oilasiga mansub ko„p yillik o„simlik hisoblanadi. Tugunaklari 1-6 ta barmoqsimon bo„lingan uzun o„simtalarga ega, yon tomondan kuchli siqilgan. Poyaning bo„yi 3040(45) sm, tik turuvchi, ancha yo„g„on, ichi g„ovak bo„ladi. Barglar soni odatda 6-7 ta lansetsimon yoki chiziqli-lansetsimon, o„tkirlashgan yoki to„mtoq, tik-egilgan yoki egilgan, pastki barglari uzunligi 10-20 sm, eni 2-2,5 sm, o„rta yoki pastki qismi ko„proq kengaygan, barcha barglar qisman oralari ochiq joylashgan, odatda uzunasiga bukilgan, yuqorigilari ingichkaroq, odatda to„pgulning asosiga yetib bormaydi. To„pgullarining uzunligi 5-15 sm, cho„zilgan-silindirsimon yoki cho„zinchoq-tuxumsimon, qalin yoki siyrak qoplangan. Gulyonbarglari
chiziqli-lansetsimon, o„tkirlashgan,
to„g„ri yoki qisman egilgan, pastkilari gullardan ikki barovar uzun. Gullari binafsha-siyohrang. Gulqo„rg„onning tashqi barglari tuxumsimon-lanset, to„mtoq, uzunligi 7-9 sm, eni 2-3 mm, yonlari teng bo„lmagan, ichkilarining uzunligi 5,5-6 mm, asosida eni 2 mm, deyarli tik turuvchi, tashqi o„rtadagilar bilan deyarli bir xil uzunlikda. Gul lablari eni 9-10 mm, uzunligi 7-8 mm, romsimon-yumaloq yoki yumaloq- teskari yuraksimon yoki ovalsimon, odatda ingichka ponasimon, asta-sekin kengaygan, odatda bo„yidan eni kengroq, kamroq hollarda cho„zilgan, deyarli butun yoki noaniq bo„lakli, asosida ulardan tashqariga qarab uzun chiziqli qora dog„li siyoh
rangdagi naqshi bor; yon bo„laklari yumaloq, butun, kamroq tishsimon, o„rta bo„lakchasi qisqa tumtoq-yumaloqlashgan yoki cho„zilgan. Pixi silindirsimon, ozgina egilgan, to„mtoq, uzunligi 10-11 mm, labchasidan uzunroq, odatda tugunchaga teng. May oyidan iyul oyining oxirigacha gullaydi.
Dostları ilə paylaş: |