D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Xalq tabobatida qo’llaniladigan retseptlar



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə49/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163
Xalq tabobatida qo’llaniladigan retseptlar: Solab kukunini sifatini tekshirish uchun 1 qismi 100 qism suvga solib qaynatiladi, quyuq va deyarli rangsiz shilimshiq olinadi, suyuqlik sovutilgach unga bir necha tomchi yod tomizilsa, shilimshiq ko„k rangga kiradi. Qo„llashdan oldin tugunak kukun holatigacha maydalanadi, oldin 10 qism sovutib qaynatilgan suvda eritiladi, so„ngra 90 qism qaynatilgan suv (yoki issiq sut) qo„shiladi, aralashma suyuq qaymoq holatiga kelguncha aralashtiriladi. Quvvatsiz insonlarga suvda yoki asal bilan sutga qo„shib, sutkalik dozasi 40 g dan ichiladi. Solab o„simligi bundan tashqari shilimshiq holatida ham qo„llaniladi, u quyidagicha tayyorlanadi: tuganaklari maydalanib, ustiga bir stakan issiq suvga 2 g quritilgan tugunak qo„shiladi (harorati 50-60°C), damlama 10-15 minut aralashtiriladi. Damlama salqin joyda 2-3 kungacha saqlanadi, ammo uni tayyorlagandan so„ng darrov ichish uchun oshqozon va ichak kasalliklarida och qoringa 1 osh qoshiqdan kuniga 4-5 marta ichiladi. Bronxit kasalligida ovqatdan oldin va keyin 1 choy qoshiqda ichiladi. Tayyor bo„lgan jelatinsimon moddani butqa, sho„rva, sut va boshqa mahsulotlar bilan barcha kasalliklarda iste’mol qilish foydalidir. Massa
ta’msiz va hidsiz bo„ladi. Bolalar uchun dozani ularning yoshiga qarab kamaytirish zarur. Damlamasi: 1 choy qoshiq maydalangan tugunakka bir stakan qaynoq suv qo„shib, 15 daqiqaga qoldiriladi, issiq joyda vaqti-vaqti bilan aralashtiriladi, damlamani issiq holatda ichiladi. Bolalarga ich ketishda sovutilgan holatda iste’mol qilinadi. Qaynatma: 200 ml suvga 3-10 g tugunak kukuni, 1-2 osh qoshiqdan kuniga 3-4 marta ichiladi.
Klizma: 2 stakan qaynoq suvga 2 choy qoshiq solab solib (oldin kukun sovuq suvga buktiriladi), choy qoshiqning 1/4 qismiga teng miqdorda ezilgan zig„ir urug„i qo„shiladi.
Bangidevona - Datura stramonium L.
(Дурман обыкновенный)
O'simlik tavsifi: Solanaceae
oilasiga mansub bir yillik 100­120 sm balandlikda yoqimsiz hidli o„simlik. Ildizi shoxlangan, urchuqsimon. Poyalari silliq, tik turuvchi, ayrisimon shoxlangan. Novdalari, barg bandlari va o„tkazuvchi bog„lamlari



gacha, ustki tomoni yashil, ostki qismi och-yashil bo„lib, bog„lamlari

juda sezilarli chiqib turadi. Gullari yirik
(uzunligi 8-10 sm),
yakka. Kosachabarglari
gultojibargdan 2 baravar
qisqaroq, besh tishli.
Gultojibargi oq rangli,
uzunligi 12 sm gacha, naychali-voronkasimon, egilgan joyi burushgan, keng, besh bo„lakli.
yumshoq tuklangan. Barglari ketma-ket, bandli, tuxumsimon, o„tkirlashgan, asosida ponasimon toraygan. Yuqorigi yosh barglari kuchli tuklangan. Barg yaprog„i uzunligi 25 sm gacha, eni 20 sm
Mevasi - tuxumsimon ko„sak, ko„p sonli qattiq va qalin tikanlar bilan qoplangan, chatnaydigan to„rt bo„laklari. Urug„lari uzunligi 3-3,5
mm, qora, mayda,
yumaloq- buyraksimon, yon tomonlaridan siqilgan. Iyundan to kuzgacha uzoq vaqt gullaydi. Iyul oyida mevalaydi.
O„sish joyi. Tarqalishi: Ruderal
o„simlik bo„lib,
uylarning yaqinida, uyumlarda, tashlandiq joylarda o„sadi. U Toshkent, Samarqand, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog„istonda uchraydi.
Kimyoviy tarkibi: Barcha organlar tarkibida alkaloidlar, asosan, giossiamin, atropin, skopolamin mavjud: barglarda - 0,23-0,37%,
poyalarda - 0,06-0,24%, ildizlarda - 0,12-0,27%, gullarda - 0,13-1,9%, urug„larda - 0,08-0,22%. Bundan tashqari, bangidevona barglarida 0,04% gacha efir moyi, 0,1% gacha karotin va 1,7% taninlar bor. Bangidevona urug„lari tarkibida 17-25% yog„li moy mavjud bo„lib, ular tarkibiga linolein - 45%, olein - 40%, palmitin - 12%, stearin - 2% va lignotserin kislotalari kiradi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin