D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə52/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163
O'simlik tavsifi: Jiyda bu Elaeagnaceae oilasiga mansub daraxtsimon buta, qizil-jigarrang po„stlog„i, yirik poyali tikanlari, lansetsimon tor barglari mavjud. Gullari kalta gulbandlarda joylashgan, mayda, 1 sm
dan oshmaydi. Ular
barglarning qo„ltiqlarida 1-3
donadan joylashgan.
Har bir gulda oddiy to„rt a’zoli
qo„ng„iroqsimon gulqo„rg„oni, 4 ta changchi va ipsimon ustunchali urug„chi mavjud. Hasharotlar yordamida o„zaro
changlanadi. Gullash paytida gullarning xushbo„y shirin hidi uzoqdan seziladi. Mevalari ovalsimon, unsimon, sarg„ish-qo„ng„irrang, danak meva, shakli zaytunga o„xshaydi. Mevasi shirin, unsimon, ozgina biriktiruvchi ta’mga ega. O„simlikning bo„yi 10 metr balandlikka yetadi.
O'sish joyi va tarqalishi: O„zbekiston hududida u Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari va
Qoraqalpog„istonda uchraydi. Dekorativ va mevali o„simlik sifatida u parklarda, bog„larda va ixota o„simligi sifatida dala chetlarida ekiladi, shuningdek, daryo bo„ylarida, o„rmon chetlarida o„sadi. Jiyda juda qadimgi madaniy o„simlik bo„lib, uning madaniylashtirilgan shakllarida tikanlar bo„lmaydi. Ushbu o„simlikning ko„plab yirik mevali navlari
mavjud. Ushbu navlar ko„p asrlar davomida o„tkazilgan tanlov
natijasidir.
Xom ashyoni yig’ish va uning sifati: Barglari,
mevalari, gullari
dorivor maqsadlarda ishlatiladi. Xom
ashyoni yig„ishda
barglar yozning
birmchi yarmida,
gullari - may va iyun oyining boshlarida yig„iladi. Hosilni yig„ish qiyin tuyulmasa ham iloji boricha kamroq tikanli daraxtlarni tanlash lozim. Jiyda gullari barglar bilan birga yig„iladi. Xom ashyo havo aylanadigan soyabon ostida yoki maxsus moslashtirilgan quritgichlarda 40-50°C dan yuqori bo„lmagan haroratda quritiladi. Tayyor xom ashyoni ikki yildan ortiq bo„lmagan vaqt davomida saqlash mumkin, gullari - faqat bir yil, keyin ular foydali sifatini yo„qotadi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin