D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Xom ashyoni yig’ish va uning sifati



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə55/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163
Xom ashyoni yig’ish va uning sifati: Zira o„simlik jamoalarida birlamchi ahamiyatga ega emas, o„simlik kichik guruhlar tashkil qilib yoppasiga o„sish maydonlarini hosil qilaydi. Uning asosiy chakalaklari Turkistonning g„arbiy qismida, Hisor va Zarafshon tog„ tizmalarining janubiy-g„arbiy qismida uchrashi qayd etilgan. Urug„ mahsuldorligi ziraning o„sish joyi, tarqalishi va dengiz sathidan balandligiga bog„liq. Zira o„simligi urug„ining maksimal miqdori dengiz sathidan 1400 m, minimal miqdori 700 m balandlikka to„g„ri keladi, bu joylardan 1 gektardan 3-8 kg hosil olish mumkin. O„zbekistonda ziraning yoppasiga
o„sish maydonlari 8,2 ming gektarga tashkil etadi. Zira urug„larini yig„ish uchun eng qulay joylar Turkiston tog„ tizmasi (Usmonli, Uval, Ingichkasoy, Orqamozor jarligi, Dug„ob qishlog„i atrofi, Toldi va b.); Hisor tizmasining janubiy-g„arbiy qismi (Tamshush, Qizilemchak, Chilon, Oqmachit qishlog„i yaqini, Miraki, Toshqo„rg„on, Hisorak, Zagxana); Zarafshon tizmasi (Chorchinor, Qo„zicha, Qoratepa qishlog„i va Omanqo„ton qishlog„i tog„lari atrofida) hisoblanadi. Ziraning mevalari bir vaqtda pishmaydi. Pishgan mevalar, ayniqsa, issiq va shamolli ob-havo sharoitida osongina to„kiladi, yig„ish ertalab yoki kechki paytda amalga oshiriladi (o„simliklarda mavalar 25-30% pishganda). Bu vaqtda markaziy soyabonlardagi mevalar rangi och qo„ng„ir, qolgan tarbibdagi soyabonlarda esa yashil tusli och jigarrang bo„ladi. Zira mevalarini yig„ish bir necha marta amalga oshiriladi. Adir mintaqasida zira hosilini yig„ish uchun eng qulay vaqt (dengiz sathidan 800-1000 m balandlikda) iyul oyini birinchi yarmi, quyi tog„ mintaqasida (dengiz sathidan 1100-1400 m balandlikda) - iyul oyining ikkinchi yarmidan avgustning o„rtasiga to„g„ri keladi. O„simlikni yer usti qismini qo„l bilan yig„ish eng samarali usul hisoblanadi (tuproq yuzasidan 5 sm balandlikda). Yig„ilgan o„simliklar pishishi va qurishi uchun bog„lanib, 5-8 kun havo aylanadigan soya joylarda quritiladi. Quritilgan zira maydalanadi, qo„shimcha narsalardan tozalanadi, yupqa qatlam qilib yoyilib, kuniga 2-3 marta aralashtirilib, soyada quritiladi. Ziraning urug„lari o„zidan o„zi qizib ketishiga yo„l qo„ymaslik kerak, chunki bunda ular qorayib, yoqimsiz hidlanadi va o„z ta’mini yo„qotadi. Yig„im-terim vaqtida o„simlikning biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda terimchilar barcha urug„larni yig„ib olmasdan va yig„ib olish maydonlarini yiliga almashtirishi kerak, aks holda o„simlikda urug„idan tiklanishi ro„y bermayligi natijasida tabiiy o„sish maydonlarini yo„qolishiga olib keladi. Tayyor xom ashyo yoqimli hidli, ozgina kuydiruvchi va shirin-nordon ta’mli yaxshi quritilgan pishgan mevalardan (urug„lardan) iborat bo„lishi kerak. Organik aralashmalar (poya, barglar, soyabon nurlari, meva bandchalari va boshqa xush- aromatik o„simliklar urug„lari) qoldiqlari 2% dan oshmasligi kerak, achchiq aromatik aralashmalar (maydalangan, shikastlangan,
hasharotlar yegan, puch, pishmagan urug„lar) esa 4,5-5 % dan ko„p bo„lmasligi kerak, namlik - 10-13%, kul - 8%, efir moylari - 1,5-3% dan oshmasligi kerak. Ziraning tayyor mevalari (urug„lari) 25 yoki 50 kg gacha bo„lgan qoplarga solinadi. Zira boshqa o„simliklardan alohida quruq joyllarda, toza va havo aylanadigan joyda saqlanishi kerak. Agar
barcha qoidalarga rioya etilsa, zira mevalari o„z yaroqliligini 2 yilgacha saqlaydi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin