D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə58/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163
Kimyoviy tarkibi: O„simlik tarkibida efedrin va uning izomerlari uchrab, ularning yarmini ba’zan psevdoefedrin tashkil qiladi. Uning farmakalogik xususiyatlari efedringa o„xshash bo„lib, ammo faolligi ancha past. Zog„oza tarkibidagi alkaloidlar yig„indisida efedrin ustunlik qilib, boshqa turlarda psevdoefedrin ko„pincha asosiy alkaloid hisoblanadi.
Tibbiyotda qo'llanilishi: Zog„oza tomirlar torayishi, qon
bosimini ko„tarilishi, bronxlarning va ko„z qorachig„ining kengayishi,
ichak faoliyatini tormozlashi va qonda shakar miqdorining oshib ketishini keltirib chiqaradi. Adrenalinga qaraganda u kuchli ta’sir etmaydi, ammo uzoq vaqt davomida ta’siri saqlanadi. Bundan tashqari zog„oza markaziy asab tizimini yaxshilaydi va nafas olish markazining qo„zg„aluvchanligini oshiradi. Zog„oza bronxial astma, ko„k yo„tal, rinit, past qon bosimi, titroqli isitmalash, dengiz kasalligi, zaharlanishda qarshi vosita sifatida, shuningdek, ko„z amaliyotida qo„llaniladi. Bronxial astmada qo„llaniladigan teofedrin preparatining tarkibiga kiradi. Shuningdek, ushbu preparat zog„ozadan efedrin olishda chiqqan chiqindilardan ham olinadi.
Qirqbo'g'im - Equisetum arvense L.
(Хвощ полевой)
O'simlik tavsifi: Qirqbo„g„im - Equisetaceae oilasiga kiruvchi o„rmalovchi, qo„ng„ir-qora, chuqur joylashgan ildizpoyali ko„p yillik
o„simlik. Poyasi ikki xil: spora hosil
qiluvchi, bahorda
paydo bo„lib, sporalar pishganda quruvchi va yozgi, ya’ni kuzgacha saqlanuvchi poyalari bo„ladi. Yozgi poyalari tik turuvchi yoki biroz ko tarilgan, uzunligi 10-15 sm, yashil,
shoxlangan, ichi bo„sh. Sporali bahorgi poyalari shoxlanmagan, balandligi 7-25 sm, och qo„ng„ir. Sporabarglari qalqonsimon, ichki tomonida sporangiylari mavjud. Sporalari sharsimon, yashil rangda va to„rtta buralgan o„simtasi bor.
Sporalari aprel-may oylarida yetiladi. Tibbiyotda o„simlikning yer usti qismi ishlatiladi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin