D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə65/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163
O'sish joyi va tarqalishi: U yumshoq tog„ qiyaliklarida butazorlarda, mayda shag„alli, toshli va loyli qiyaliklarda, to„kilmalarda, tog„ tarmoqlarining cho„qqilarida, daryo vodiylari terrasalarida o„sadi. U Toshkent viloyatining tog„li qismida uchraydi.
Kimyoviy tarkibi: Adabiyotlarda ildizlarning kimyoviy tarkibi va ulardan ajratilgan efirlarning xususiyatlarini o„rganish bo„yicha etarli

neytral qismidan spirt - ferutinol, 90-910C e.t., va kislota fraksiyasidan 4-gidroksi-3-metoksibenzoy kislotasi e.t. 205-2060C ajratilgan. F. tenuisecta ildizlaridan uchta yangi modda - tenuferin, tenuferinin va tenuferidin ajratilgan. Ularning hali ta’riflanmagan seskviterpen spirtining - 8,10-digidroksi-3,4-epoksiguain - va izovanilik, vanil va p- gidroksibenzoy kislotalarining efirlari ekanligi ko„rsatilgan. F.tenuisecta ildizlaridan C22H30O5, mp 209-2110C, [a] 22D +1250C (c 0,8; etanol) yangi efir ajratilgan, uni esa fertenin deb nomlangan. Yangi murakkab efir fertidin F. Tenuisecta ning fenolik fraksiyasidan kimyoviy transformatsiyalar va spektral xususiyatlar asosida ajratilgan. F. tenuisecta ildizlaridagi murakkab efirlar yig„indisini sifat jihatidan aniqlash va ferulen moddasi tarkibidagi efirlar yig„indisini miqdoriy aniqlash uslubi ishlab chiqilgan F.tenuisecta ildizlaridan murakkab efirlar yig„indisini ajratib olish parametrlari o„rganilib, bu jarayon uchun xom ashyoning zarralari kattaligi 2-6 mm, spirt konsentratsiyasi esa 95% bo„lishi kerakligi aniqlangan. Seskviterpen spirtlari efirlari asosida yangi «Ferulen» preparati yaratilgan. Tajribalar natijasida ushbu preparatni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. F. tenuisecta o„simligidan ajratilgan terpenoid ferutinin sun’iy va hujayra membranalarining Ca2+ ionlariga o„tkazuvchanligini sezilarli darajada oshiradi va mitoxondriyaga bog„liq holda turli hujayra liniyalarida apoptotik hujayra o„limiga sabab bo„ladi. F.tenuisecta ning yer usti qismidan seskviterpen spirtlarining murakkab efirlari yig„indisini ajratib olish va olingan ekstrakti tozalab, keyinchalik yashil rangsiz oxirgi moddani olish bosqichlari o„rganildi. Olingan natijalar asosida F. tenuisecta ning yer usti qismidan seskviterpen spirtlarining murakkab efirlari asosida estrogen ta’sirli tenestrol deb nomlangan substansiyani olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin