Xom ashyoni yig’ish va uning sifati: Anjir barglari iyun oyidan sentyabr va oktyabr oylarigacha yig„iladi. Ayni vaqtda undagi furokumarin miqdori 0,4-0,9 gacha bo„ladi. Anjir barglarini yig„ishda teri kuyishni oldini olish uchun (qo„l, yuz) qo„lqop va ko„zoynaklardan foydalaniladi. Barglarni o„roq yoki pichoq yordamida kesib olish kerak, qo„l bilan uzish mumkin emas. Terilgan barglar katta uyumlarda to„plash kerak emas, chunki barglar qorayib qoladi, shilimshiqlanadi va yumaloqlashib bir-biriga yopishadi. Yangi barglar tozalangan, quritish uchun tayyorlangan ochiq joyda brezent ustiga yupqa qilib yoyiladi. Sifatli yuqori kumarinni saqlab qolish va tezroq qurishi uchun kuniga 34 marta xaskash yoki panshaxa yordamida ag„darish kerak. Barglarni yig„ish va quritish vaqtida namlanib qolmasligi kerak. Yomg„ir yog„ishidan oldin terilgan anjir barglari brezent bilan o„raladi yoki ayvon ostiga yohud havo aylanib turadigan joyga qo„yish kerak. Odatda barglar ochiq havoda 4-6 kun quritish kerak, uzoq quritish davomida barglar qo„ng„ir rangga kiradi, o„z sifatini yo„qotadi. Xom ashyoni ixchamlashtirish uchun uni bir joyga uyumlanadi va ustidan avtomashina bilan 10-15 marta o„tiladi. Bunda psoberanning miqdori butun bargda ham, maydalanganida ham bir xil bo„ladi. Xom ashyo dastlab 15-18 kg gacha bo„lgan qog„oz qoplarga solinadi, keyin mato qoplarga qadoqlanadi, chunki xom ashyo mato qoplarga qadoqlanganda havoning namligini tortib oladi. Farmakopeya maqolasining talablariga muvofiq quritilgan anjir barglarida namlik 10% dan, umumiy kul miqdori 17% dan, qoraygan barglar 2% dan, hashoratlar tomonidan zararlangan barglar 7% dan, anjirning boshqa qismlari (poya) 5% dan, organik moddalar (boshqa zaharli bo„lmagan o„simliklarning qismlari) 2% dan, mineral moddalar (tuproq, qum, toshchalar) 2% dan ko„p bo„lmasligi kerak. Xom ashyoning yaroqlilik muddati 2 yil. Xom ashyo quruq, havo yaxshi aylanadigan joylarda javonlarda saqlanadi. Kimyoviy tarkibi:Bargda faol moddalar - furokumarinlar (psoberan, psoralen, bergapten) mavjud. Mevasida 71% gacha shakar (shu jumladan 60% monosaxaridlar), pektin 5%, 1% gacha kislotalar (limon, olma, uksus, borat kislotalari), C, B1, B2, A vitaminlar va mikroelementlar uchraydi.