D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə69/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   163
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Isiriq
Tibbiyotda qo’llanilishi: Yovvoyi yoki madaniy anjir
barglaridan olingan psoberan (furokumarinlar aralashmasi - psoralen va
bergapten) pes kasalligida ultrabinafsha nurlari bilan birgalikda nurlantirishda teri pigmentlarini tiklovchi vosita sifatida qo„llaniladi. Bundan tashqari, psoberan uyali (yumaloq) kallikda tavsiya etiladi. To„q sariq shisha idishlarda 0,01 mg li 50 donadan tabletkalari va 50 ml dan 0,1% li eritmasi ishlab chiqariladi. Anjir mevalari, sano o„tining barglari va olxo„ri mevalaridan tayyorlangan kofiol briketlari ich suruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Mevalari, shuningdek, dorivor, ya’ni ich suruvchi, siydik haydovchi va balg„am ko„chiruvchi ta’sirga ega. Anjir kaliyga boy va shuning uchun undan yurak qon tizimi kasalliklarida foydalaniladi. Uning yangi pishgan mevalari anemiya uchun ishlatiladi. Anjir kletchatka va shakarga boy, shuning uchun oshqozon-ichak o„tkir yallig„lanish va qandli diabet kasalliklarida qo„llanilmaydi. Podagra kasalligida shovul kislotasi (0,48-0,82%), taninlar (0,43-0,62%), vitaminlar (B, B6, E, R, K), glikozidlar, mikro va makroelementlar miqdori ko„pligi uchun qo„llanib bo„lmaydi. Bargida 134-387 mg askorbin kislotasi, efir moyi, PP vitamini va fitonsidlar uchraydi.
Isiriq - Peganum harmala L.
(Г армала обыкновенная)

Barglar o„troq, ketma-ket, uzunligi 4-5
O'simlik tavsifi: Isiriq - bu Nitrariaceae oilasining ko„p yillik o„ti hisoblanadi, kuchli o„ziga xos hidga ega, balandligi 40-70 sm. Ildizi ko„p boshli, yog„ochlangan, qalin (diametri 3-5 sm), tuproqqa 5 m gacha chuqurlikka kirib boradi. Poyalar shoxlangan, egri- bugri, silliq, zich bargli. sm, eni 5-6 sm, asosigacha uchga bo„lingan, bo„laklari ham chiziqli bo„laklarga bo„linadi. Yonbarglari bargsimon, lansetsimon-bigizsimon. Gullari ko„p sonli, oq, poyalar va novdalarning yuqori qismida joylashgan. Mevasi uch hujayrali yassilangan ko„sak, diametri 0,6-1 sm, ko„p sonli urug„lardan iborat. May-iyul oylarida gullaydi, mevalari iyun oxiridan avgustgacha pishadi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin