D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə7/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   163
O'sish joyi. Tarqalishi: U O„zbekistonning Surxondaryo viloyati tog„ oldi va o„rta tog„ mintaqalarida ola jinsli tuproqlar, loyli va tosh qiyaliklarida o„sadi.
Xom ashyoni yig'ish va uning sifati: Kapalak qo„nmasning xom ashyosi odatda iyul oyining boshlarida janubiy hududlarda ommaviy gullash sodir bo„lganda yig„iladi. Bu vaqtda faqat novdalarning gullagan bargli tepa qismi kesiladi. Kechroq yig„ish muddatlarida biologik faol moddalarning tarkibi va shu tarzda xom ashyoning sifati pasayadi. Yig„ib olingan o„simlik o„t xavo yaxshi aylanadigan chordoqlarda yoki ayvon ostida quritilib, qalinligi 5-7 sm bo„lgan qog„ozga yoki matoga yoyilib, vaqti-vaqti bilan aylantiriladi. Xom ashyo 350C gacha qizdirilgan havo bilan majburiy shamollatiladigan maxsus quritgichlarda ancha tez quriydi. Butun o„simlik o„ti sof og„irligi 5-15 kg bo„lgan, maydalangani esa 10-30 kg
og„irlikdagi qoplarga solinadi. Qadoqlashdan oldin xom ashyoga qo„shimcha ravishda ishlov beriladi: maydalanadi va dag„al novdalar elaklarda olib tashlanadi. Quruq, yaxshi havo aylanadigan joylarda saqlanadi. Yaroqlilik muddati 2 yilgacha. Xom ashyo qisman ezilgan barglari va to„pgullari bo„lgan poyaning yuqori qismidan (uzunligi 20 sm gacha) iborat.
Kimyoviy tarkibi: Yer osti qismida fitoekdizonlar mavjud: ayugalakton, ekdisteron, siasteron, turkesteron, ayugosteron V 0,003%. Fitoekdizonlardan yer usti qismida: ekdisteron, siasteron uchraydi. Barglarida fitoekdizonlar ham mavjud: ekdisteron, ayugalakton, ayugosteron V, 22-atsetilsiasteron va siasteron.
Tibbiyotda qo’llanilishi: «Jisten» - bu O„zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasining O„simlik moddalari kimyosi institutida Kapalak qo„nmasdan ajratilgan moddalar asosida yaratilgan suvli-spirtli konsentratidir. Christian Dior bilan ishbilarmonlik aloqalarida bo„lgan Fransiyaning «Latoksan» kompaniyasi unga qiziqish bildirgan. Biroq so„nggi yillarda Kapalak qo„nmasning yovvoyi zich o„sadigan maydonlarini kuchli ekspluatatsiyasi tufayli tabiiy populyasiyalari ayanchli holatda katta zarar ko„rgan. Shularni inobatga olgan holda ushbu qimmatbaho, endemik turning xom ashyosini yig„ishni biroz vaqt ta’qiqlash va uni yetishtirish bo„yicha ishlarni olib borish tavsiya etildi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin