Xalq tabobatida: Isiriq o„simligining damlama va qaynatmalari markaziy asab tizimini qo„zg„atuvchi, tinchlantiruvchi, og„riq qoldiruvchi, yallig„lanishga qarshi, stimullovchi, antigelmintik, antiseptik, terlatuvchi va siydik haydovchi sifatida ishlatiladi. Kosmetologiyada qo'llanilishi:Sochlarning oqarishini oldini olish uchun ularni maydalangan va ivitilgan o„simlik urug„lari bilan yuviladi. Urug„lar yaxshi ko„piklanadi va ko„pincha sovun o„rniga ishlatiladi. Husnbuzar va toshmalardan xalos bo„lish uchun konsentrlangan damlamadan foydalaniladi. Umumiy qarshi ko'rsatmalar:Zaharli o„simlik. Barglar va urug„lari eng zaharli hisoblanadi. Isiriq preparatlarini qo„llash ehtiyotkorlik talab qiladi. Katta dozalarda narkotik modda kabi ta’sir qiladi: u tutqanoq va gallyusinatsiyalarni keltirib chiqaradi, shuningdek, tana haroratini pasaytiradi va qon bosimi ko„tarilishi, ko„p miqdorda tupuk ajralishi va nafas olish buzilishi bilan (to„liq to„xtashgacha) bog„liq mushaklarning tirishishi va beixtiyor qisqarib bo„shashishini keltirib chiqaradi. Bunday holda, oshqozonni faollashtirilgan uglerodning suvli suspenziya yoki 0,1% kaliy permanganat eritmasi bilan bilan yuvish kerak, sho„rli eritmasi ich suruvchi sifatida ko„rsatiladi, kerak bo„lgan hollarda sun’iy nafas beriladi. Psixotik holatni to„xtatish uchun aminazin (tana vazniga 0,5-3 mg/kg) ishlatiladi. Keyingi davolanish simptomatik hisoblanadi. Xo'jalikda isiriqdan foydalanish:Garmolol alkaloidi tufayli o„simlikdan yorqin qizil bo„yoq olinadi. Turkiyada feska - milliy bosh kiyimni bo„yash uchun ishlatilgan, shuning uchun isiriq «turk bo„yog„i» deb nomlangan. Xalq veterinariya tibbiyotida o„simlik o„tlarning damlamasi uy hayvonlarida qichimalarni muvaffaqiyatli davolaydi. Isiriq insektitsid ta’sirga ega, qishloq xo„jaligi o„simliklarining zararkunandalariga qarshi kurashda ijobiy natijalari ko„rsatgan. Tutatish shaklida isiriq xushbo„y smola - ladan yoki archa kabi, havoni tozalash va xonalarda mikroblarni o„ldirish uchun ishlatiladi. Buning uchun o„simlikning quritilgan urug„lik ko„saklari shakllanib bo„lgan yuqori qismi ishlatiladi. Ba’zida maydalangan quruq barglar va urug„lar ishlatiladi, ular ko„mir ustiga tashlanadi. Isiriq o„tining damlamasi: 1 stakan qaynoq suvda 1 choy qoshiq quruq maydalangan o„ti damlanadi, dam oldiriladi, 2 soat o„rab qo„yiladi, suzgichdan o„tkaziladi. Shamollash va malyariyada 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 marta ovqatdan 20 daqiqa oldin ichiladi. Isiriq o„tining 1% va 10% damlamasi farmakologik tadqiqotlar shuni ko„rsatdiki, ushbu dorilar stafilokokka qarshi faollikka ega. Isiriq o„tining qaynatmasi: 1 stakan qaynoq suvga 1 choy qoshiq quruq maydalangan o„ti solinadi, yopiq idishda 30 daqiqa davomida qaynoq suv hammomida damlanadi, xona haroratida 10 daqiqa sovutiladi, suzgichdan o„tkaziladi. Chayish uchun ishlatiladi. 1% li qaynatmasi va 0,25% li peganin eritmasi mikroblarga qarshi juda kuchli ta’sirga ega. Isiriq urug„i va zig„ir urug„ini damlamasi: 1 qism isiriq urug„i va 3 qism zig„ir urug„i aralashtiriladi, 1 stakan qaynoq suv bilan 1 osh qoshiq aralashma damlanadi, yopiq idishda 30 daqiqa davomida qaynoq suv hammomida damlab, xona haroratida 10 daqiqa sovutiladi, suzgichdan o„tkaziladi. 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 marta bronxial astma, nafas qisishi, revmatizmda tinchlantiruvchi, o„t haydovchi, siydik haydovchi va terlatuvchi sifatida ovqatdan 30 daqiqa oldin ochiladi. Isiriq o„ti ekstrakti: quruq o„tiga 96% spirtdan 1:1 nisbatda quyiladi, 21 kunga qoldiriladi, suzgichdan o„tkaziladi. Ensefalitli Parkinsonda, falaj, ensefalomastit, miasteniya, burish spazmlari, katatonik shizofreniya va katatonik stuporning oqibatlarini davolash uchun kuniga 3 marta 6-12 tomchidan ichiladi. Isiriq choyi: nevrasteniya, tutqanoq, falaj, qizamiq, sifiliz, buyrak kasalliklarida ichiladi, milklar kasalliklarida chayiladi. Isiriqning urug„lari: kuniga 10 tagacha oshqozon-ichak kasalliklarida va o„t haydovchi vosita sifatida iste’mol qilinadi. Isiriq solingan vanna: 10 l qaynab turgan suvda 100 g isiriq o„ti damlanadi, 15-20 daqiqa davomida yopiq idishda qaynatib olinadi, 2 soat turadi, suzgichdan o„tkaziladi va vannaga qo„shiladi (+30-400C). Vannalar har 2 kunda 1 marta 10-15 daqiqa davomida qabul qilinadi (davolash kursi - 10 ta vanna). Revmatizm va modda almashinuvi kasalliklari bilan bog„liq teri kasalliklarida qo„llaniladi. Isiriq o„tini tutatish: falaj, qizamiq, malyariya, isitmali qaltiroq, asabiy taranglik kasalliklarida, tuqqan xotinlarga yordam berish (shu jumladan hayvonlarga) vositasi sifatida ishlatiladi, u uxlatuvchi va antiparazitik vosita sifatida samarali hisoblanadi.