O’lmaso’t - Helichrysum maracandicum Popov ex Kirp. Бессмертник самаркандский O’simlik tavsifi: Samarqand o„lmaso’ti - bu Asteraceae oilasiga mansub ko„p yillik o„t, ko„p poyali, balandligi 35-70 sm. Barglari butun, poyalari bilan birga ko„pincha oq- mayin tukli, pastki barglar cho„zinchoq teskari tuxumsimon, cho„zinchoq lansetsimon, bandga tomon torayib boradi, poyadagi barglar o„troq, lansetsimon chiziqli yoki chiziqli, yuqorilari chiqib turgan, biroz uchli. Savatcha yarim sharsimon yoki gullar ochilganda sharsimon, diametri 8-10 mm. O„ramabarglar limon-sariq rangli, ko„p qatorli, yirik, zich ustama-ust joylashgan, tashqilari tuxumsimon, ichkilari kuraksimon, to’mtoq, yuqori qismida qattiq pardali, silliq, yaltiroq, tuksi, deyarli botiq, asosida dag„al tukli. Gultojibarglari to„q sariq, popugi unga deyarli teng, sarg„ish rangli. Iyun-iyul oylarida gullaydi, iyul-avgust oylarida mevalaydi. O'sish joyi va tarqalishi:U Toshkent, Samarqand, Farg„ona, Andijon, Surxondaryo viloyatlaridagi tog„larning pastki va o„rta mintaqalarida asosan tosh-shag„al, shuningdek, yumshoq, mayin tuproqli qiyaliklarda o„sadi. Areali: O„rta Osiyo (Tiyon-Shon, Pomir-Oloy). Xom ashyoni yig’ish va uning sifati: Dorivor xom ashyo hisoblanadi. O„lmaso„t to„pgullari (savatchalar) gullashning boshlanishida yig„ib olinadi, hali to„liq gullamagan qalqonlarni 1-2 sm poyasi bilan kesib olinadi. Ochilmagan mayda va gullab bo„lgan gullarni yig„ish mumkun emas. To„plangan to„pgullar konteynerga joylashtiriladi va darhol quritish joyiga yetkaziladi. Rangsizlanmasligi uchun soyada quritish tavsiya etiladi. O„lmaso„t to„pgullari quruq, pardasimon, limon- sariq rangli, gullashdan keyin kesilganda o„z rangini saqlab turadi. Ushbu xususiyat tufayli u so„limaydigan qish guldastalarning bir komponenti hisoblanadi.