Qizilpoycha - Hypericum scabrum L.
Зверобой шероховатый
O‘simlik tavsifi: Hypericaceae oilasiga mansub oilasiga mansub tik turuvchi, ikki qirrali, shoxlangan poyasi bo„lgan ko„p yillik ildizpoyali o„simlik. Ko„p yillik, butun o„simlik ozroq yoki kamroq tukli bo„rtmalar hisobiga g„adir-budur. Ildizlari yog„ochlashgan, eni 4-10 mm, poyalari ko„p sonli, qizg„ish-binafsha rangga bo„yalgan, to„pgul qismida oddiy yoki kamroq shoxlangan, balandligi 20-50 sm gacha. Poyadagi barglari uzunligi 10-15 mm, chiziqli-cho„zinchoq yoki lansetsimon, odatda chetlari ichkariga o„ralgan, bezli tukchalar bilan qoplangan, bargning ostki qismida keskin ajralib turadigan markaziy tomirga ega, barglar qo„ltig„ida qisqargan, 1-4 sm uzunlikda novdalari bo„lib, ular ingichka, eni 0,5-1,5 mm, chetlari ichkariga o„ralgan chiziqli bargchalarga ega. To„pgul qalqonchasimon ro„vak, eni 3-5 sm, to„pgulning novdalari dag„al. Gulyonbarglari uzunligi 1-3 mm, chiziqli-lansetsimon yoki lansetsimon pardasimon bo„lmagan, silliq yoki kipriksimon. Gulbandlar silliq, uzunligi 1-3 mm. Kosachabarglari uzunligi 2-4 mm, silliq, tekis, ko„kimtir, tomirlari keskin chiqib turgan, 1/2-3/4 gacha ovalsimon- tuxumsimon, yuqorida qisqa uchli bargchalarga bo„lingan, odatda chetlari bir nechta qora-jigarrang bezli tuklar bilan qoplangan. Gultojibarglari to„kilmaydigan, cho„zinchoq teskari tuxumsimon yoki oval-tuxumsimon, yuqorida yumaloqlashgan va bu yerda biroz bezli kiprikchalar bor, uzunligi 4-10 mm va eni 2-4 mm, asosida asta-sekin toraygan. Changchilari gultojibarglaridan uzunroq. Ko„saklar tuxumsimon, 5-7 mm uzunlikda, tomirlari keskin chiqib turgan, yuqorida tez torayib, qisqa tumshuqchani hosil qiladi. Urug„lar silindrsimon, biroz egilgan, uzunligi 2 mm ga yaqin, zich qoplangan tukli bo„rtiklar hisobiga oqish rangda. May-iyul oylarida gullar, iyun- avgust oylarida mevalaydi.
O‘sish joyi.
Tarqalishi: Toshkent,
Farg„ona, Jizzax,
Samarqand, Qashqadaryo va
Surxondaryo viloyatlarining tog„ oldi mintaqasidan o„rta tog„ mintaqalarigacha toshli va shag„alli qiyaliklarda uchraydi.
Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Qizilpoycha o„tini yig„ish va sifatiga qo„ yiladigan talablar dalachoyni yig„ish qoidalariga o„xshaydi.
Dostları ilə paylaş: |