D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə85/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   163
Kimyoviy tarkibi: Andizning ildizpoyalarida va ildizlarida efir moyi (1-3%), saponinlar, smola, shilimshiq va achchiq moddalar (oxirgisi barglarda ham uchraydi) mavjud. Efir moyining asosiy komponenti izoalantolakton aralashmasi bo„lgan alantolaktondir. Ularning aralashmasi ilgari gelenin deb nomlangan. Bundan tashqari, o„simlik ildizlaridan digidroadantolakton, fridelin,
dammaradienilatsetat, dammaradienol, fitomelan, tez tarqaladigan polienlar va boshqa atsetilen birikmalar, shuningdek, stigiasterin, ko„p miqdorda inulin va psevdoinulin ajratilgan.
Tibbiyotda qo‘llanilishi: Andizning preparatlari balg„am ko„chiruvchi va yallig„lanishga qarshi xususiyatlarga ega, shuningdek, ichakning kuchaygan harakatchanligini va sekretsiya faoliyatini pasaytirishi mumkin. Andiz ildizlari va ildizpoyalarda saqlanadigan efir moyi antiseptik va gijja tushiruvchi ta’sirlarga ega. Andiz preparatlari nafas yo„llarining surunkali kasalliklari - shilimshiqning katta
sekretsiyasi bilan birga kechadigan traxeit va bronxit kasalliklarida uchun balg„am ko„chiruvchi sifatida qo„llaniladi. Ular gastroenterit va yuqumsiz diareya kasalliklarida yaxshi davolovchi vosita hisoblanadi.
Andizning ildizpoyalari va ildizlaridan qaynatma: 10 g (1 osh qoshiq) andizning ezilgan ildizlari va ildizpoyalariga 1 stakan suv bilan quyiladi, qaynatiladi, qaynab chiqqach, 10-15 daqiqa davomida qaynatiladi, sovitiladi va yo„talda balg„am chiqaruvchi vosita sifatida har 2 soatda bir osh qoshiqdan iliq holda ichiladi. Asal (1:1) bilan aralashtirilgan andizning ildizpoyalar va ildizlaridan olingan sharbat yo„tal va bronxial astmada qo„llaniladi.
Qora andiz - Inula grandis Schrenk
(Девясил крупнолистный)

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin