D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə86/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   163
O’simlik tavsifi: Qora andiz - bu Asteraceae oilasiga mansub ko„p yillik o„simlik. O„simlikning bo„yi 50-120 sm. Barglari qattiq,

biroz yalpoqlashgan, ko„p
terisimon, nuqtali bezli tukchalar bilan qoplangan, ba’zida kuchli tuklangan,
hidli, chetlari noaniq o„yilgan, tishsimon, tomirlari o„tkir to„rsimon, ildizbo„g„zi barglari uzunligi 70 sm gacha, eni 20-30 sm, keng ellipssimon, o„tkir, bandga cho„zilgan, o„rta poya barglari o„troq, yuraksimon asosi poyani o„rab turuvchi, to„pguli kichiklashgan. Savatchalar zich keng qalqonchada, diametri 2-3 sm, uzun bandli. O„ramabarglar lansetsimon,
kipriksimon, zich bezli tukchalar bilan qoplangan, tashqi tomondagilari
o„tkirlashib cho„zilgan, ichkilari esa asta- sekin o„tkirlashgan. Tilsimon gullari to„q sariq-sariq rangli, egilgan joyi uzunligi 2 sm gacha va tor chiziqli. Pistachalar faqat popuk ostida biroz tukli, silindrsimon, sonli uzunasiga qirralari bor, jigarrang, uzunligi 3-5 mm, eni 1-1,5 mm. Popugi asosida qo„shilib o„sgan 3 ta to„plamdan iborat, pistachadan 2-3 baravar kattaroq, qisqa patsimon, xira sarg„ish tuklar bilan qoplangan. May-iyul oylarida gullaydi, iyul-
avgust oylarida mevalaydi. Tibbiyotda ildizi bilan ildizpoyalari ishlatiladi.


mintaqalarida mayda zarrali yumshoq qiyaliklarda o„sadi. U Toshkent,
O‘sish joyi va tarqalishi: U tog„larning quyi va o„rta
Samarqand, Andijon, Farg„ona va
Surxondaryo viloyatlari hududida uchraydi. Pskem
daryosi havzasida (Toshkent viloyati) qora andiz keng tarqalib, ba’zan juda zich o„sish
maydonlarini tashkil etadi. Dengiz
sathidan 800-2000 m balandlikdagi hududlarda keng tarqalgan. Fitotsenotik optimumi dengiz sathidan 1200-1800 m balandlikda joylashgan, o„sish guruhlari turon quruq dasht jamoalari, keng bargli o„rmonlar, archa o„rmonlari va baland tog„ yirik o„tli o„simliklar qoplamida keng tarqalgan. Xom ashyoni yig„ishni Pskem daryosining o„ng qirg„og„ida Taqayong„oq va Jourjurek, shuningdek, Kumushkonsoy, Zarkentsoy qishloqlari orasida o„tkazish mumkin. Qora andizning mumkin bo„lgan yillik xom ashyosini hosildorligi 99,00 tonna hisoblanadi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin