D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə87/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   163
Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Xom ashyo yig„ishda ildiz tizimidan 20 sm radiusda 30 sm chuqurlikda qaziladi va poyani ushlab ildizpoyalari bilan birga ildizlari tortib olinadi, bunda qalin ildizlarni sinib ketmasligiga harakat qilinadi. Zich o„sgan maydonlarni tiklash uchun 10 m2 uchun kamida bitta mevali o„simlik qoldiriladi. Qazib olingan xom ashyo tuproqdan tozalanadi, tezda suvda yuviladi, asosidan poya qoldiqlarini kesib tashlab, yupqa ildizlar ham olib tashlanadi. Ildizpoyalar va qalin ildizlar uzunligi bo„ylab 10-15 sm va 1-2 sm qalinlikdagi bo„laklarga kesiladi. Zararkunanda va zararlangan ildizlar hamda ildizpoyalarning qoraygan qismlari olib tashlanadi. Qora andiz ildizlar va ildizpoyalari ochiq havoda 2-3 kun soyada va nam havoda - ayvon ostida quritiladi. Keyin ular ingichka qatlamda yoyilib (5 sm dan qalinlikda) iliq, yaxshi havo aylanadigan xonalarda tokchalarda yoki 400C dan yuqori bo„lmagan haroratda quritgichlarda quritiladi. Agar
termal quritgichga qo„yilishidan oldin xom ashyo ochiq havoda quritilmagan bo„lsa, dastlabki quritish harorati 30-350C dan oshmasligi kerak (kuchli ventilyasiyasi bilan). Butun ildizlarni va ildizpoyalarni quritmaslik kerak, shuningdek, haroratni 500C dan oshmasligi kerak, chunki bu sharoitda xom ashyo bug„lanadi va qorayadi. Yaxshi ob-havo sharoitida uni brezentga yupqa qatlam qilib yoyib quyoshda quritish mumkin, quyosh botgandan usti keyin yopiladi. Quritish tugaganini ildizlarning sinuvchanligi bilan belgilanadi. Quritilgan xom ashyo qayta tekshiriladi, sinish joylari qoraygan qismlar va turli xil aralashmalar olib tashlanadi.
Kimyoviy tarkibi: Qora andizdan, igalan, igalin va seskviterpenovin diollari - igalol va grandol ajratilgan. Bundan tashqari, ildizlarda flavonoidlar, taninlar, alkaloidlar, triterpen saponinlar va organik kislotalar mavjud.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin