Xom ashyoni yig’ish va uning sifati: Ildizlarni yig„ish qisqa vaqt ichida amalga oshirilishi va aprel oyining ikkinchi yarmida boshlanishi kerak. Xom ashyoni tayyorlashning maqbul muddatlari- may oyining ikkinchi yarmi - iyun oyining boshi hisoblanadi. Qazib olingan ildizlar tuproqdan tozalanadi, poyalarning qoldiqlari kesilib, quyoshda quritiladi. Yomg„irli ob-havo sharoitida quritish soyabon ostida amalga oshiriladi. Quritishdan oldin ildizlarni bo„laklarga ajratish shart emas. Ildizni 40-500C haroratda qizdirish yo„li bilan sun’iy quritish mumkin. Tayyor xom ashyo GOST 3448-78 talablariga javob berishi kerak. Ular og„ir, qattiq, silindrsimon ildiz bo„laklari bo„lib, tuproqdan va ingichka yon ildizlardan tozalangan, asosan spiralsimon buralgan, yuzasi burishib bir tekis bo„lmagan, ko„p sonli mayda ko„ndalang chuqurliklar
bilan qoplangan (ingichka halqasimon chiziqlar shaklida), yon ildizlari
olib tashlangan joyda chuqur bo„ylama egatchalari va yumaloq chandiqli yoriqlari bo„ladi. Ildiz singan joyi notekis, tashqi tomondan rangi och qo„ng„irrang, ichi sarg„ish, oq tomirlari bor. Hidsiz, ta’mi biroz kuydiruvchi, qo„zg„ atuvchi. Etmak xom ashyosining birinchi va ikkinchi navlari uchun raqamli ko„rsatkichlar: ildizlarning uzunligi kamida 5 sm, qalinligi kamida 2 sm bo„lishi kerak. 1-nav ildizlari uchun 5 sm dan kam bo„lmagan uzunlikdagi ildizlarning bo„laklari 2% dan, ingichka ildizlari (qalinligi 2 sm dan kam bo„lmagan) 3% dan, kukun qilib maydalangan ildizlari 1% dan, yumshaygan ildizlari 2% dan; boshqa o„simliklaming ildizlari 1% dan, tuproq, qum, toshchalar 1% dan oshmasligi va chirigan, chetlari qoraygan yoki mog„orlagan ildizlari bo„lmasligi kerak. 2-nav ildizlari uchun 5 sm dan kam bo„lmagan uzunlikdagi ildizlarning bo„laklari 20% dan, ingichka ildizlari (qalinligi 2 sm dan kam bo„lmagan) 20% dan, kukun qilib maydalangan ildizlari 3% dan, yumshaygan ildizlari 5% dan, chirigan, chetlari qoraygan yoki mog„orlagan ildizlari 1% dan, boshqa o„simliklaming ildizlari 2% dan, tuproq, qum, toshchalarning 1,5% dan oshmasligi kerak. Birinchi va ikkinchi nav ildizlari uchun asosiy namlik 13% ni tashkil etadi, cheklangan namlik 13% dan oshmasligi kerak. Tayyor xom ashyo 40 kg li mato va qog„oz qoplarga joylashtiriladi.