D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə92/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163
Qizilarcha - Juniperus seravschanica Kom.
(Можжевельник зеравшанский)
O‘simlik tavsifi: Cupressaceae oilasiga mansub balandligi 20 m gacha bo„lgan ikki uyli daraxt yoki juda kam hollarda zich ovalsimon yoki
konussimon shox-shabbali past bo„yli buta. Po„stlog„i qizg„ish, plastinkasimon; novdalari yo„g„on; uchki novdalari biroz tasbehsimon yoki bir tekis, qalinligi 1-1,5 mm, och yashil yoki kulrang. Barglari
tuxumsimon cho„zinchoq, o„tkir, orqa tomonida cho„zinchoq bezchalari bor. Quddasimon rezavor mevalari 9-12 mm uzunlikda, kalta bandchalarda, sharsimon yoki deyarli sharsimon, yosh mevalari yashil, yetuklari to„q jigarrang, ko„kimtir rang bilan qalin qoplangan, qattiq, tashqi qavatini
ostida yog„ochlashgan qatlamli, 2-3 kamdan-kam 4 urug„li.
Urug„larning uzunligi 5-7,5 mm, odatda noaniq uch qirrali-tuxumsimon, yondagilari yirikroq, orqa tomoni bo„rtib chiqqan va ikkita burushiqqa ega, o„rtagi urug„lar kichikroq (ba’zan bo„lmaydi), yonidan bo„ylama burushiqlari bor, yosh urug„lari ochiq rangli, yetuklari jigarrang.
O'sish joyi va tarqalishi: Dengiz sathidan 1000 dan 2500 m gacha bo„lgan toshli, shag„alli va mayda zarrali tog„ qiyaliklarida uchraydi. Ba’zan toza chakalakzorlar yoki Juniperus semiglobosa Regel
va ba’zi keng bargli turlar bilan aralash chakalakzorlarni hosil qiladi (Boysun
tizmasidagi Xo„ja-
Gurgur-Ota va Turkiston tizmasidagi Guralash- Soy tog„lari). Toshkent, F arg „ona, Samarqand viloyatlarida uchraydi. Umumiy tarqalishi.
Pomir-Oloy, Tiyon-
Shondan Qoratog„gacha, Shimoliy Afg„onistonning Hinduqush
tizmalari bo„ylab tarqalgan.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin