D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Xom ashyoni yig'ish va uning sifati



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə93/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   163
Xom ashyoni yig'ish va uning sifati: Qizilarcha quddasimon rezavor mevalarni yig„ish kuzda (avgust oyining oxiridan noyabr oyining oxirigacha), ular to„liq pishib, to„q jigarrangga kirganda amalga oshiriladi. Yig„ish uchun qanor matosi va brezent qo„lqoplari kerak. Quddasining ignasi qo„lga sanchilgani uchun xom ashyo teruvchilar mato ustiga quddasimon rezavor mevani silkitib yig„ib olishadi. Bunda yetuk mevalar to„kilib, shoxlarda yashillari qoladi. To„kilgan mevalar ignalar, shoxlar, po„stloq bo„laklari va pishmagan mevalardan tozalanadi. Quddasimon rezavor mevalarni tayoq bilan qoqish tavsiya etilmaydi, bu yashil mevalar, ignalar, hasharotlarni to„kilishiga olib keladi va xom ashyoni ifloslantiradi, o„simlikka zarar yetkazib, kelgusi yilda hosilni pasaytiradi. O„simliklarni chopish yoki novdalarini kesmaslik kerak. Xom ashyoni asta-sekin quritish tavsiya etiladi. Quddasimon rezavor mevalar soyada har kuni aralashtirilib, ayvon ostida, havo yaxshi aylanadigan omborxonalarda, isitiladigan xonalarda quritiladi; pechlarda xom ashyoni quritish tavsiya etilmaydi, bu mevalarni sifatini yomonlashtiradi. Quritishdan oldin tozalangan xom ashyo uchun qayta ishlov berish talab etilmaydi. Talablarga ko„ra, qizilarcha mevalari sharsimon quddasimon rezavor mevalar, diametri 5­7,5 mm, silliq, yaltiroq, kamroq xira, to„q jigarrang yoki deyarli qora, ba’zan ko„kimtir rangli mumsimon qatlam bilan qoplangan, yuqorida uch nurli choki bor. Eti g„ovak, yashil-qo„ng„irrang, 2-3 urug„dan iborat. Hidi o„ziga xos, hushbo„y. Ta’mi o„tkir hushbo„y, shirin. Xom ashyo tarkibida kamida 0,5% efir moyi bo„lishi kerak. Umumiy kul miqdori 5% dan; 10% xlorid kislotada erimaydigan kuli 0,5% dan, pishmagan yoki qo„ng„irrang mevalari 9,5% dan; shu jumladan, yashil mevalari 0,5% dan, organik va mineral aralashmalarning har biri 0,5% dan; boshqa zaharli bo„lmagan rezavor mevalar 0,5% dan ko„p bo„lmasligi kerak. Boshqa turdagi qizilarcha aralashmalari, ayniqsa, zaharli qozoq qizilarcha aralashmasi bo„lmasligi zarur. Quritish paytida vazn yo„qotish 20% dan oshmasligi kerak. Quritilgan xom ashyo 40-50 kg gacha bo„lgan qoplarga solinadi. Havo yaxshi aylanadigan quruq joyda saqlanadi. Qizilarcha mevalarini saqlash paytida efir moylarini tez yo„qotilishi kuzatiladi. Xom ashyoning yaroqlilik muddati 2 yilgacha.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin