D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə98/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   163
Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Alqoro„ti o„simligining xom ashyosini yoppasiga gullash va mevalashning boshlanish davrida yig„ish kerak. Yig„imni o„roq yoki pichoq bilan amalga oshirish kerak. Shu tarzda yig„ilgan xom ashyo havo yaxshi aylanadigan chordoqlarda, ayvon ostida yoki soyada havoda quritiladi, qog„ozga yoki matoga ingichka qatlamga yoyilib, tez-tez aylantirib turiladi. TU 88.-13-7: 2007 ga ko„ra, namlik miqdori 13 % dan, umumiy kul miqdori, 12,8% dan oshmasligi kerak, mutlaqo quruq xom ashyo tarkibidagi efir moyi 0,3 % dan kam bo„ lmasligi kerak. 1 mm diametrli teshiklari bo„lgan elakdan o„tgan qismlari 63,8% dan kam bo„lmasligi kerak. Boshqa aralashmalarning miqdori: organik (zaharli bo„lmagan o„simliklarning qismlari) 1,0%; mineral (tuproq, qum, tosh) 1,0 %; ushbu o„simlikning efir moyi aralashmasining tarkibi (poyalarning yog„ochlashgan qismlari, sarg„aygan barglar), 2% dan oshmasligi kerak; boshqa o„simliklarning efir moyi aralashmalariga (poyalar, barglar, gullar, mevalar) kasalliklar bilan zararlangan, zaharli o„simliklar va ularning qismlari, doimiy yo„qolmaydigan begona hidni bo„lishi mumkin emas. Xom ashyoni qadoqlash, joylash va belgi qo„yish GOST 60-7780 bo„yicha quyidagi qo„shimchalar bilan: butun o„tlar sof og„irligi 5-15 kg bo„lgan qoplarga qadoqlanadi, maydalangan - sof og„irligi 10-30 kg. GOST 14192-96 bo„yicha transport konteynerlarini belgilanadi. GOST 6077-80 bo„yicha alqoro„ti o„simlikni tashiladi va saqlanadi. Alqoro„ti o„tining saqlash muddati 2 yil. Alqoro„ti o„simligiga farmakopeya maqolasi FS 42 Uz- 0166-2017 mavjud.
Kimyoviy tarkibi: Barglar, gullar va urug„larda A, C, E, B1, B2, B6, PP vitaminlari, shuningdek, foliy kislotasi, xolin mavjud.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin