D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə10/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163
Kimyoviy tarkibi: Ildizlarda 10-30% triterpen saponinlari mavjud bo„lib, ulardan gipsogenin, akantofillazid V va akantofillazid S glikozidlari ajratib olingan. O„simlikning yer usti qismlarida ham ko„plab saponinlar mavjud. Mahalliy aholi ko„pincha ildizidan «nishollo» shirinligini tayyorlashda foydalaniladi - go„yoki qalin ko„pikli oq suyuqlik insonga quvvat beruvchi vosita deb hisoblaniladi.
Tibbiyotda qo’llanilishi: Etmak xom ashyosi (bex) oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish, mo„ynachilik, to„qimachilik, bo„yoq va parfyumeriya sanoatida qo„llaniladi. Xalq tabobatida ildiz damlamasi bronxit va boshqa nafas yo„llari kasalliklarini balg„am ko„chiruvchi sifatida, o„t haydovchi, siydik haydovchi, ich suruvchi vosita sifatida qo„llaniladi (1 choy qoshiq maydalangan ildiz ustiga bir stakan sovutilgan qaynatilgan suv quyiladi, 8-10 soat damlanadi va kun davomida ichiladi).
Etmak qaynatmasi sovun kabi ko„piklanganligi sababli o„simlik kundalik hayotda «sovunli ildiz» deb nomlanadi. Ba’zida oshqozon- ichak, teri (piodermiya, ekzema, furunkullarda, tangasimon lishayda), siydik-tanosil va taloq, jigar, buyrak kasalliklarida va moddalar almashinuvi buzilganda ildizlari choy sifatida damlanib ichiladi. O„simlikning yer usti qismining damlamasi ich suruvchi va balg„am ko„chiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Biroq so„nggi yillarda etmakning zich o„sgan maydonlari sezilarli darajada qisqarganligi bu turni O„zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritish uchun asos bo„lgan.
O„zbekiston farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatini ushbu qimmatbaho turning xom ashyosiga bo„lgan ehtiyojini qondirish uchun
uni madaniylashtirish zarur, shu munosabat bilan ekish agrotexnikasining samarali usullarini ishlab chiqish lozim.
Gulxayri - Althaea armeniaca Ten.
(Алтей армянский)
O’simlik tavsifi: Malvaceae oilasiga mansub ko„p yillik o„t. Poyasi tik o„suvchi, oddiy yoki kam shoxlangan, mayin yulduzsimon tukli, balandligi 70-150 sm. Barglari tuxumsimon, pastki qismi odatda uchburchak- yuraksimon shakliga ega, chetki qismi tartibsiz qo„ng„urali-tishsimon, ba’zida bir oz 3-5 bo„lakli, zich mayin tukli, kul rang-yashil, bandli, yuqori barglari qisqa bandli. Gullar barglar qo„ltig„ida tutam bo„lib joylashgan, juda qisqa gulbandli, zich mayin tukli. Ostki kosacha Gulyonbarglari (8)-9-(10) qo„shilib o„sgan, tuxumsimon
cho„zilgan, zich mayin tukli, uchli bargchalardan tashkil topgan, kosachabarglarga nisbatan qisqaroq. Kosachabarglari tuxumsimon, tepaga qarab uzayib uchli, zich mayin tukli, pastki qismida qo„shilib o„sgan. Gultojibarglari och yoki yorqin pushti, ba’zan oq tusli, kosachaga qaraganda 1,5-2 baravar uzunroq, gultojibarglar uchburchak-teskari yuraksimon. Urug„lari orqa tomonda silliq yoki juda oz burishgan, yulduzsimon-mayin tukli, chetki qismida to’mtoq, soni 15-18. Iyun-avgust oylarida gullaydi, iyul-sentyabr oylarida mevalaydi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin