D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə12/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163
Quritish: Xom-ashyo yupqa bir qatlamda yoyilib, namlikdan himoyalanishi kerak, aks holda u qorayadi, mog„orlaydi. Quritish harorati 45-600C. Quritishni tugatish ildizlarning mo„rtligi bilan belgilanadi. Xom ashyoning quruq massasi 23-26% ni tashkil qiladi.
Tashqi belgilari: Davlat standarti va XI DF ga ko„ra, ildizlar qalinligi 2 sm gacha bo„lgan po„kaklardan tozalangan, turli uzunlikdagi, yuzadan lub tolalari ajralib chiqqan bo„laklardan iborat. Siniq joylarida xom ashyo changiydi (kraxmal). Rangi sarg„ish kulrang. Hidi kuchsiz, ta’mi shirin shilimshiqsimon. Quruq ekstrakti va siropini tayyorlash uchun tozalanmagan ildizlar uchun FS mavjud. Yog„ochlashgan qismlarning aralashmada bo„lishi xom ashyo sifatini pasaytiradi. Xom ashyoning haqiqiyligi morfologik xususiyatlar, mikrokimyoviy reaksiyalar va mikroskopiya bilan tasdiqlanadi. Mikroskop ostida ildiz kukunida tolalar, kalsiy oksalat tuzlari, nay tolalari, kraxmal donalari ko„rinadi. FS ma’lumotlariga ko„ra, o„simlik yog„ochlashmagan, yumaloqsimon, kulrang-yashil, baxmalsimon, qalinligi 8 mm dan oshmaydigan poyalarga ega. Hidi kuchsiz, ta’mi ozgina shilimshiqsimon. Yaroqlilik muddati 1 yil.
Kimyoviy tarkibi: Quruq ildizlarda 35% gacha shilimshiqsimon moddalar bor, ularning asosiy tarkibini polisaxaridalar tashkil etadi - pentozanlar va geksozanlar, gidroliz qilinganda pentoza, galaktoza va dekstrozaga ajraladi. Ildiz tarkibida bundan tashqari 37% kraxmal, 2% gacha l-asparagin, 8% saxaroza, 11-16% pektin, 1,7% yog„li moylar, betain, karotin, fitosterinlar, mineral moddalar, uron kislotasi, mineral tuzlar bo„ladi.
Saqlash: Faqat quruq joyda, gigroskopiklik belgisi bo„lgan qop yoki toylarga solingan holda saqlanadi. Yaroqlilik muddati - 3 yil.
Tavsiya etilgan xavfsizlik choralari: O„simlik o„sish
maydonlari qisqarganligi uchun yig„ish jarayonidan keyin urug„lar kovlangan ildizlarning o„rniga sepiladi, unib chiqqan tuplardan ba’zilari urug„ olish uchun qoldiriladi. Yosh o„simlik tuplari himoya qilinadi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin